Salomatlik Salomatlik Bu oziq-ovqatlarni sotib olar ekanmiz, biz bilib turib o‘z umrimizni o‘zimiz qisqartiramiz

Bu oziq-ovqatlarni sotib olar ekanmiz, biz bilib turib o‘z umrimizni o‘zimiz qisqartiramiz

O'qildi: 253


Bu oziq-ovqatlarni sotib olar ekanmiz, biz bilib turib o‘z umrimizni o‘zimiz qisqartiramiz

Supermarketlardan qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan oziq-ovqatlarni sotib olar ekanmiz, biz bunday mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilish organizmimiz uchun xavf tug‘dirishini hatto xayolimizga ham keltirmaymiz.

Foto: Shutterstock

Har bir supermarket peshtaxtalarida qulay joylashib olgan bunday oziq-ovqatlarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.

  • Tez tayyorlanadigan hamma oziq-ovqatlar. Lapsha, piyolada eriydigan sho‘rvalar, kartoshkali pyure, sho‘rva kubiklari va ichimliklar tayyorlash uchun Zuko yoki Yupi kabi kukunlar. Yuqorida sanab o‘tilgan oziq-ovqatlarning tarkibiga organizm uchun hech qanday foydasiz kimyoviy qo‘shimchalar solingan.
  • Hozirgi zamonda deyarli hamma kolbasa mahsulotlarining tarkibida katta miqdorda gen-shakli o‘zgartirilgan soya va yashirin yog‘lar mavjud. Mahsulot og‘irligining 40 foizini charvi va cho‘chqa terisidan olingan yog‘lar tashkil qiladi, ishlab chiqaruvchilar esa ularni go‘sht sifatida taqdim qiladi. Bundan tashqari kolbasa tarkibiga karatinin, maza va rang kuchaytiruvchilar qo‘shiladi.
  • Uzoq muddat saqlanadigan sut mahsulotlari. Saqlash muddatining ikki haftadan oshgan qiymatiga qarab, bu sun’iy tipdagi oziq-ovqat ekanligi haqida bemalol aytish mumkin.
  • Ertachi tarvuzlar. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘sishni va mevalar yetilishini tezlashtirish maqsadida odam uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalardan foydalanadi.
  • Hidli choylar. Hamma choylarga mazasini o‘zgartirish uchun ko‘pincha limon yoki boshqa kislotalar qo‘shiladi.
  • Tozalangan va hidsizlantirilgan o‘simlik yog‘ini yaxshisi salatlar uchun ishlatmagan ma’qul, chunki ular hazm qilish tizimi faoliyatiga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
  • Paketlardagi hamma sharbatlar tabiiy emas, ular bolalar iste’moli uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Manba: “Xitrosti jizni”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.