Miyani chiniqtiruvchi 5 ta jismoniy mashq
Ko‘p yillik tadqiqotlar jismoniy mashqlarning o‘rganish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Biz sizga miyani chiniqtirishga yordam beruvchi bir necha mashqlarni havola qilmoqchimiz.
Foto: “Dnpmag.com”Stayercha yugurish
Ro‘yxatdagi eng yaxshi jismoniy mashqlardan biri uzoq masofaga yugurish hisoblanadi. Olimlar yangi neyronlarning paydo bo‘lishi va yugurish orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tajribalar orqali isbotladilar.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqa mashqlardan ko‘ra uzoq masofaga yugurishni afzal ko‘rganlar aqliy mashqlarni ancha yaxshiroq bajarishar ekanlar. Qiyin imtihon topshirmoqchimisiz — yugurishni boshlang.
Oraliqli mashqlar
Miyani ishlashga majbur qilishning yana bir usuli — oraliqli mashqlar. Oraliqli yuklamalar asab tizimiga har xil vaziyatlarga tez moslasha olish kerakligini tushunishga imkon beradi.
Natijada voqealarga bo‘lgan ta’sirlanishning umumiy tezligi oshadi va unga mos ravishda miyaning yangi vazifalarni bajarishga bo‘lgan qobiliyati ham o‘sadi.
Shtanga ko‘tarish
Og‘irlik bilan bajariladigan birdan-bir mashq. Shtanga ko‘tarish — asab tizimi uchun jiddiy yuklama. Mashqni bir haftada bir martadan ortiq qilish tavsiya qilinmaydi, aks holda stress orttirishingiz mumkin.
Arqonda sakrash
Deyarli hamma, bokschilardan tortib to pauerlifterlargacha arqonda sakrashdan foydalanishadi. U vaznni kamaytirishga, qo‘l-oyoqlarning o‘zaro muvofiqligini rivojlantirishga yordam beradi — va ma’lum bo‘lishicha, miyani biroz takomillashtiradi.
Birinchidan, o‘sha asab tizimiga ma’lum bir yuklama beruvchi oyoq-qo‘llarning muvofiq ravishda ishlashi rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, hamma mashqlar organizmni kislorod bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida miyaning umumiy ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Soya bilan jang
Albatta bu mashqni talabga to‘la javob beradi deb aytolmaymiz. Shunga qaramasdan biz sizga soya bilan jangni o‘z kundalik mashqlaringizga qo‘shishni tavsiya qilamiz.
Yarim soatlik mashq miya faoliyatini to‘liq ishga tushiradi — tajriba uchun yarim soat mashq qilgandan keyin biron-bir masalani yechish bilan shug‘ullanib ko‘ring.
Manba: “Dnpmag.com”
Manba