Ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun 3 ta eng yaxshi mashq
Biz fitnes-ekspert bilan birgalikda sizga yog‘ yo‘qotuvchi 5 ta eng yaxshi mashqlar haqida aytib bermoqchimiz.
Lekin, siz bu mashqlarning nojo‘ya ta’sirlari ham borligi haqida unutmasligingiz lozim:
- agar sizda umurtqa pog‘onalari bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bu yog‘ yo‘qotuvchi mashqlardan voz kechganingiz ma’qul.
- agar tizzalaringizda og‘riqlar bo‘lsa, mashqlarni bajarishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
- har qanday lohaslik paydo bo‘lishi bilan mashqlarni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
1-mashq: yuqoriga sakrab o‘tirish
Foto: “Woman.ru”Bajarish usuli: o‘tirish holatidan tovonlarga tayanib o‘zingizni orqaga itaring, qo‘llarni tirsakdan bukib osiltirgan holda tuting. Qorin mushaklari orqali bellarni bukmasdan, egilmasdan tanani to‘g‘ri tutish juda muhim. Sakrash jarayonida orqa to‘g‘rilanadi, qo‘llar orqaga qilinadi, oyoq uchida yerga tushiladi, keyin og‘irlik yana tovonlarga ko‘chiriladi.2-mashq: tizzani ko‘krakkacha ko‘tarish
Foto: “Woman.ru”Bajarish usuli: turgan holatda tizzani ko‘krak tomon torting, keyin oldinga qarab katta qadam tashlang, dastlabki holatga qayting va oyoqlarni almashtiring. Mashqni to‘g‘ri bajarish, shikastlanmaslik va og‘irlikni kerakli joyga yo‘naltirish uchun, tizza ostidagi burchakni 90 darajada ushlash va qomatni to‘g‘ri, bir tekisda tutish zarur.3-mashq: planka
Foto: “Woman.ru”Bajarish usuli: klassik uslubdagi plankada turish uchun mashq qilish va tananing tik holatini “esda saqlash” mumkin. Buning uchun tovonlarni, kurak pallalarini va boshning orqa tomonini devorga tegizib turing.
Gilamcha ustiga plankaga “tushish”da, ikki nuqtaga tayaning — uzatilgan qo‘llar va oyoq uchlari. Vazifa — tos va kuraklarni to‘g‘ri tutgan holda, tanani tovondan to boshgacha tortish.
Aslida planka holatini iloji boricha uzoqroq ushlashga harakat qilish kerak, lekin boshlanishi uchun 10-20 soniya ham yetarli bo‘ladi. Keyin bir necha soniya bo‘shashtirasiz va yana qaytadan takrorlaysiz.
Plankani bundan oldingi mashqlar bilan birga bajarish metabolizmni va bunga muvofiq ravishda yog‘larni yo‘qotish jarayonini ham tezlashtirishga yordam beradi.
Manba: “Woman.ru”
Manba