Salomatlik Salomatlik Yugurishni boshlash uchun ozish bilan bog‘liq bo‘lmagan 5 sabab

Yugurishni boshlash uchun ozish bilan bog‘liq bo‘lmagan 5 sabab

O'qildi: 366


Yugurishni boshlash uchun ozish bilan bog‘liq bo‘lmagan 5 sabab

Ko‘pincha odamlar ortiqcha vaznni yo‘qotish maqsadida yugurishni boshlaydi. Lekin siz o‘zingizga xohlagan ovqatlarni yeyishga imkon berish uchungina sport bilan shug‘ullanishingiz shart emas.

Foto: Flickr

Faqat tanangizga jazo berish uchun emas, balki jismoniy va ruhiy jihatdan kuchliroq bo‘lish uchun ham yugurishingiz kerak.

  1. Yugurish sizni kuchliroq qiladi

Agar siz kamdan-kam hollarda o‘zingizni jismonan kuchli his qilsangiz, unda yugurish, ayniqsa tez yugurish buni to‘g‘rilashga yordam beradi. Siz shiddat bilan oldinga qarab borar ekansiz, kundalik hayotda uchratmagan tuyg‘ularni his qilasiz. Bu sizni o‘z tanangizni qadrlashga majbur qiladi.
  1. Yugurish fikrlar va tuyg‘ularni singdirishga yordam beradi

Agar siz har doim band va smartfon yoki kompyuter yonida bo‘lsangiz, unda tabiiyki, sizning nimani o‘ylayotganingiz va his qilayotganingizni anglashga vaqtingiz yetmaydi.

Yugurayotganingizda esa o‘z fikrlaringiz bilan yolg‘iz qolasiz. Bundan tashqari, siz o‘z tuyg‘ularingiz bilan uyg‘un holatda bo‘lasiz.

Siz hamma salbiy kuchlaringizni jismoniy harakatga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz va shu tarzda salbiy hissiyotlardan qutulasiz.

  1. Yugurish o‘zingizni tirik his qilishga imkon beradi

Oldinga qarab harakat qilar ekansiz, qattiq quvonch va hayajonni his qilasiz. Hatto yugurish bilan shug‘ullanuvchi sportchilar ham bunga o‘xshash holatni har doim his qilavermaydi.
  1. Yugurish — bu sizning vaqtingiz

Dam olishning eng yaxshi usullaridan biri — bu sevimli musiqani qo‘yish va atrofdagi tabiat chiroyini tomosha qilib yugurish. Asosiysi — siz tanangiz, fikrlaringiz, hissiyotlaringiz, musiqa va atrofdagi hamma narsalarning o‘zaro bog‘lanishini his qiladigan o‘z dunyongizga tushib qolasiz.
  1. Yugurish o‘zingizni sog‘lom his qilishga yordam beradi

Hamma fitnes-mashqlar va parhezlar orasida yugurish asosiy rollardan birini bajaradi. U o‘zingizni mumkin qadar sog‘lom his qilishga yordam beradi. Balki yugurish siz shug‘ullanayotgan birdan-bir sport turi bo‘lmasligi mumkin, lekin u tanangizga ko‘rsatayotgan ta’siri tufayli sizning sevimli mashg‘ulotingizga aylanishi mumkin.

Manba: Weekend Rambler




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.