Salomatlik Salomatlik Koronavirusni yuqtirgan aktrisa Olga Kurilenko uy sharoitida qanday davolanayotganini so‘zlab berdi

Koronavirusni yuqtirgan aktrisa Olga Kurilenko uy sharoitida qanday davolanayotganini so‘zlab berdi

O'qildi: 262


Koronavirusni yuqtirgan aktrisa Olga Kurilenko uy sharoitida qanday davolanayotganini so‘zlab berdi

Koronavirus yuqtirib olgan asli ukrainalik aktrisa Olga Kurilenko Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qildi va ayni paytda o‘zini qanday his etayotgani haqida ma’lumot berdi.

https://www.instagram.com/p/B94THD4Je_a/?igshid=1cybqievqn3bg

“Hammaga salom!Bugun men o‘zimni ancha yaxshi his etyapman!Issig‘im tushdi. Men hozirda Londondaman.  Men koronavirusni yuqtirganimni qayerdan bildim?Kasalxonada test topshirdim va u ijobiy chiqdi. Menga qanday dorilar yozib berishdi?Hech qanday?

Shifokorlar agar issig‘im ko‘tarilsa va qattiq og‘riq bo‘lsa paratsetamol ichishni tayinladi, men xuddi shunday qildim.

Immunitetimni ko‘tarish uchun ayrim vitaminlarni qo‘shimcha tarzda ichyapman: C, E, D, B5, Kurkumin, Sink.

Diqqat!Bu vitaminlar koronavirusni davolamaydi, ular immun tizimiga viruslar va infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. Barcha bemorlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolaman!”, — deb yozadi aktrisa.

Avvalroq aktyor Tom Xenks va uning rafiqasida, “Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyuda, britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 ming kishidan, vafot etganlar soni esa 8 mingdan oshgan. Kasallikni yuqtirganlarning asosiy qismini(80 foizi)Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tashkil etmoqda.

19-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi. Xitoyning epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida vaziyat tobora yaxshilanmoqda. Xususan Xubey provinsiyasida va Uxan shahrida so‘nggi bir kun ichida kasalik yuqtirish bo‘yicha birorta yangi holat aniqlanmadi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.