Qo‘lni bir kunda necha marotaba yuvish kerak?
Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirus tarqalgani sabab millionlab odamlar uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish birinchi masalaga aylandi. Epidemiologlar virusga qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘li — qo‘lni vaqtida yuvish deya ta’kidlamoqda. Qo‘lni yuvish bir qarashda juda oddiy ishdek tuyulishi mumkin, biroq aslida ushbu jarayonning muhim jihatlari bor va uni doim yodda saqlash kerak. BigPicture qo‘lni samarali yuvishning usullari haqida ma’lumot berdi.
Foto: BigPictureAlbatta sovundan foydalanish kerakmi?
Kun davomida qo‘lni bir necha marta yuvish organizmga turli bakteriya va viruslar tushishi ehtimolini kamaytiradi. Teridagi ovqat qoldiqlari va boshqa ifloslanishlar — bu kasallik keltirib chiqaruvchi organizmlarning yashashi uchun juda qulay muhit.Sovun teri ustida ko‘payishga ulgurgan mikroorganizmlar sabab yuzaga kelgan suv-yog‘ qatlamni yuvib tashlash imkonini beradi. Shu sababli qo‘lni yuvishda imkoni boricha sovundan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq qandaydir sabab bilan sovun bo‘lmasa, shunchaki suv bilan yuvish ham kifoya qiladi.
Foto: BigPictureShifokorlar, shuningdek, qo‘llarni maxsus vositalar yordamida yaxshilab yuvish orasidagi vaqtda, sovunsiz suv bilan vaqti-vaqti bilan yuvib turish zarar qilmasligini ta’kidlaydi.
Mavzuga doir: Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar
Manba