Salomatlik Salomatlik Do‘konga chiqqanda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Do‘konga chiqqanda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun qanday yo‘l tutish kerak?

O'qildi: 215


Do‘konga chiqqanda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Karantin davrida ijtimoiy masofani saqlash inson hayoti xavfsizligining eng yaxshi choralaridan biriligi ma’lum. Shuningdek, niqob, qo‘lni dezinfeksiyalash kabi bir qator gigiyena qoidalariga amal qilish ham shuning sirasiga kiradi. Lekin kuniga yuzlab odamlar jamlanadigan hamda rastalarda turgan mahsulotlarga qo‘l bilan tegib ko‘rilgan savdo maskanlarida odamlar o‘zini qanday himoya qilishi kerak?Aynan xarid orqali virus yuqtirib olish darajasi yuqorimi? Pandemiya davrida mutaxassislar xarid xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Do‘kon rastalaridagi mahsulotlarni iloji boricha kamroq ushlash kerak.

Albatta, savdo markazlariga tashrif buyurgan minglab xaridorlar deyarli barcha mahsulotlarga qo‘l bilan teginadi. Shuning uchun mahsulotlar qadog‘ida turli xil bakteriyalar va infeksiyalar to‘planib turadi. Bunday xavfdan himoyalanish uchun rastalarda taxlab qo‘yilgan kerakli mahsulotning eng orqa qatordagisini xarid qilish kerak, bu xavfni biroz bo‘lsa-da, kamaytiradi. Shuningdek, albatta, uyda ularni yuvib ishlatish tavsiya etiladi.

Savdo shoxobchasidagi arava tutqichlarini dezinfeksiya qilish kerak.

Xarid chog‘ida eng ko‘p foydalaniladigan vosita – aravacha tutqichini dezinfeksiya qilishni yodda saqlash zarur. Shuningdek, qolqop taqish ham yaxshi samara beradi. Hisoblashish vaqtida iloji boricha qog‘oz pullarni ishlatmaslik zarur, chunki ular eng ko‘p mikrob manbayi sifatida xizmat qiladi.

Shaxsiy sumka yoki xaltalardan foydalanish yaxshiroq.

Do‘konlarda mahsulotlar solib beriladigan paketlardan ko‘ra, uydan keltirilgan maxsus sumka yoki xaltalardan foydalanish tavsiya etiladi. Keyinchalik ularni qayta yuvib, zararsizlantirish mumkin.

Meva va sabzavotlarni yuvish kerak.

Odatda xarid qilingan meva va sabzavotlar qadog‘i bilan muzlatkichga qo‘yiladi va faqatgina iste’mol qilishdan avval yuviladi. Endi vaziyat biroz boshqacha, mahsulotlar uyga keltirilgan zahoti yuvib, tozalab so‘ngra muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi. Shu orqali virusning boshqa jismlarga yuqish ehtimoli kamaytiriladi.

Restoran va kafelarda ovqatlanish mumkinmi?

Agar jamoat yig‘iladigan restoran va kafelarda ovqatlanishni istaydiganlar bo‘lsa, u holda karantin qoidalarini tekshirib ko‘rish zarur. Ijtimoiy masofa, niqob, gigiyena qoidalari kabi. Talablar o‘z o‘rnida bajarilsa, albatta, sevimli maskanda ovqatlanish mumkin. Shuningdek, xavfsizlik choralari iste’molchilar tomonidan ham to‘liqligicha amalga oshirilishi kerak. Ammo tungi klublar, konsert va teatr tomoshalari ayni damda bundan mustasno.

Ovqat tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Ovqat tayyorlanish jarayonidan avval qo‘l yuvishni kanda qilmaslik kerak. Shuningdek, jarayon davomida ham tez-tez qo‘lni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, ishlatiladigan mahsulotlar va ularning qadoqlariga ehtiyot bo‘lish juda muhim. Mahsulotlar solingan paketlarni iloji boricha tashlab yuborish yoki yuvib ishlatish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.