Salomatlik Salomatlik Murch kimlarga mumkin emas?

Murch kimlarga mumkin emas?

O'qildi: 320


Murch kimlarga mumkin emas?

Ziravorlar ovqatni mazali qilish bilan birga sog‘lik uchun ham foydali xususiyatlarga ega. Masalan, oshga nega zira solinishini bilasizmi?Chunki u taomni xushxo‘r qilish bilan birga, ovqatning hazm bo‘lishiga yordam beradi, deb yozadi “Tashxis” gazetasi.

Foto: “Bigl.ua”

Biroq shunday ziravorlar ham borki, ulardan bilib-bilmay ko‘p foydalanish yaxshi emas, misol uchun, achchiq qalampir yuqori qon bosimi bor, kolit, oshqozon yarasi va gastritga chalingan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, uni kuchli yallig‘lanish va ochiq jarohatli joylarga aslo tekkizish mumkin emas.

Murch ham taomlarga yoqimli hid, maza beradi, biroq u ham gipertoniya, oshqozon va buyrak xastaliklari, siydik chiqarish yo‘li muammolarida, o‘n ikki barmoq ichak yaralarida taqiqlanadi.

Quritilgan yalpiz barglari suyuq taomlarga solinsa, u ancha mazaliroq bo‘ladi. Yana kishini tinchlantirish xususiyatiga ham ega, ammo ko‘pi uyqusizlikka olib keladi. Oshqozon-ichak tizimida muammosi borlarga ham yalpiz tavsiya etilmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.