Salomatlik Salomatlik Olimlar koronavirus pandemiyasi ommaviy vazn ortishiga olib kelishini prognoz qildi

Olimlar koronavirus pandemiyasi ommaviy vazn ortishiga olib kelishini prognoz qildi

O'qildi: 336


Olimlar koronavirus pandemiyasi ommaviy vazn ortishiga olib kelishini prognoz qildi

Dietologlarning fikricha, pandemiya odamlarda ommaviy vazn ortishini keltirib chiqaradi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Foto: Pixabay

“Ushbu holat kam harakatli hayot tarzi va uyda ko‘p ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

Buyuk Britaniyalik dietolog Jennifer Obertning ta’kidlashicha, hozirgi kunda odamlar stress holatida, bu esa ularni nosog‘lom ovqatlanishga undaydi.

Mutaxassislar karantin paytida odamlarga avvalgi tana vaznini saqlab qolish juda qiyin bo‘lishini aytmoqda.

“Ortiqcha vazn to‘plash hammamizda kuzatiladi. Hatto karantinda sport bilan shug‘ullanishga harakat qilayotganlarda ham”, — deydi fransiyalik trener va dietolog Julian Mersye.

Vazn ortishi bolalarga ham taalluqli. Ota-onalar o‘z farzandlariga ko‘chada tengdoshlari bilan o‘ynashlari o‘rniga uyda shirinliklar yoki “zarar”li mahsulotlar yeyishga ruxsat beradi.

Mutaxassislar ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun kun tartibiga rioya qilish hamda uy sharoitida sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmoqda.

Mavzuga doir: Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.