“Gadjetlar asri” bolalari nega harakatli o‘yinlarni o‘ynamay qo‘ydi va bu qanchalik xavfli?
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning gadjet, onlayn o‘yinlar sabab harakatsiz bo‘lib qolgani, sayr qilishni istamasligi va ko‘chada bizning bolalikdagi singari qo‘shni bolalar yig‘ilib o‘ynamasligi mazmunidagi shikoyatomuz postlar juda ham ko‘p uchraydi. Bola ma’lum mashg‘ulot masalan, raqs, gimnastika yoki sportning boshqa turi bilan shug‘ullanmaydigan bo‘lsa, sust va bo‘shashgan bo‘lib o‘sadi. To‘g‘ri yugura olmaydi, yiqilib tushsa ham pishimagani sabab tez shikastlanadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini ham hozirgi bolalarning elementar dasturni uddasidan chiqa olmasligi, yo‘q joydan jarohat orttirib olishi hayron qoldiradi.
Foto: “Domashniy ochag”Bola 10 yoshgacha nimalarni uddasidan chiqa olishi kerak:
- yugura olishi, oyog‘ining uchida to‘g‘ri tura olishi, bir necha usulda sakray olishi;
- to‘g‘ri va tez emaklashni bilishi;
- devorga qotirilgan narvon ko‘rinishidagi gimnastik anjomdan qo‘l va oyoqlarini faol qimirlatgan holda chiqa va tusha olishi;
- pastga, oldinga sakraganda o‘rnidan tura olishi;
- qo‘llarini erkin harakatlantirish masalan, qushning qanday uchishini harakat bilan tasvirlab berish;
- bir oyoqda tura olishi, ikki oyoq uchida sakray olishi, o‘tirib turish mashqlarini erkin bajarishi;
- og‘ir bo‘lmagan buyumlarni otishi va ushlay olishi, o‘zi va yonidagi odam uchun harakatning xavfsizlik yoki xavflilik darajasini baholay olishi kerak;
- maktabdagi tanaffusda qizlarning avvalgidek arqon sakramay qo‘ygani, o‘g‘il bolalarning futbol o‘ynamasligi, buning o‘rniga ijtimoiy tarmoq va o‘yinlarni muhokama qilishi, boshini telefondan ko‘tarmasligi haqida shikoyat qilishdan avval zamonaviy maktablarda harakatlanish imkoniyati qanday ekaniga to‘g‘ri baho berish kerak.
Xavfsizlik o‘ta xavfli
Ota-onalar xavotiri sabab bolani kuzatuv yoki nazoratsiz o‘ynashiga ruxsat bermaydi, tashqariga chiqishiga ruxsat bermaydi. Buning oqibatida esa bola kam harakat bo‘la boshlaydi. Serharakatlik bola tabiatiga xos ekani sabab ham yuqoridagi taqiqlarga qaramay, tana harakatda bo‘lishga undayveradi. Buning oqibatida dars vaqti yoki boshqa bir yumush bajarayotganda bolada g‘imirlayverish holati kuzatiladi. Aslida harakatsizlik xavfli emas, shunchaki harakat yetishmaganidan keyin bo‘shashgan va zo‘riqishga o‘rganmagan bola birdaniga shikastlanishi yoki jarohatlanishi mumkin. Siz “papalagan” taqdirda ham bolaning arzimagan harakat bilan ish orttirib olishining sababi ana shunda.
Bu borada Skandinaviya mamlakatlaridan o‘rnak olish kerak. U yerdagi maktablarda ayrim mashg‘ulotlar ochiq havoda o‘tkaziladi, ta’lim muassasasi hovlisida harakatli o‘yinlar o‘ynaladi. Tabiiyki, to‘satdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun kuzatuvchi shaxs bo‘lishi mumkin, ammo hech kim bolalarning to‘p va boshqa o‘yinlar o‘ynashiga xalal bermaydi.
Farzandlar dam olish kunlari boshqa bolalar bilan siz-u bizning yoshligimiz kabi guruh-guruh bo‘lib o‘ynay olmasligiga esa oiladagi vaziyat ham sabab bo‘ladi. Ajrashgan ota haftaning dam olish kunlari qiz yoki o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketishi yoki qo‘shimcha dars, mashg‘ulotlari bilan mashg‘ul qilib qo‘yish ham tengqurlari bilan toza havoda o‘ynashiga to‘siq bo‘ladi va bora-bora bu odatiy hol bo‘lib qoladi. Undan ham yomoni bu bolada nevroz kuzatilishiga olib kelishi mumkin. Bolaning dars qilishi, til o‘rganishi yoki boshqa bir kelajagi uchun zarur bo‘lgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani yaxshi, lekin bu uning harakatlanishi va tengdoshlari bilan norasmiy muloqot qilishi, o‘ynashini cheklash kerak degani emas. Shunday ekan bolaning qo‘lidan telefon tushmay qolishidan shikoyat qilguncha buning sababi haqida o‘ylab ko‘rish va vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda ish tutish kerak.
Mavzuga doir:
- Farzandining ta’lim olish jarayonida barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato
- Ota-onalar bola tarbiyasida yaxshi niyatda yo‘l qo‘yadigan 4 xato
- Bola ovqatlanishni istamay xarxasha qilsa, nima qilish kerak?
- Otalarning xatti-harakati qizlarning hayotiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Manba