Shifokorlar koronavirus tufayli soch to‘kilish ehtimoli ortishini aniqladi
O'qildi: 328
Koronavirus pandemiyasi fonida kuchli stress sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda shifokor-trixolog Georgiy Abramov ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Foto: “RBK”“Bugungi kunda soch to‘kilishi autoimmun jarayon bo‘lib, immunitet tizimi sochlarga ta’sir o‘tkazishi 100 foiz isbotlangan. Ushbu jarayonni tez-tez qo‘zg‘atadigan narsa esa stress hisoblanadi”, − deydi mutaxassis.
Shuningdek, shifokor tanadagi autoimmun jarayonlar yuzdan ortiq kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi va ko‘plab organlarga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shuning uchun Abramov ogohlantirganidek, soch to‘kilishi boshlanganda darhol dermatolog va trixolog bilan emas, balki immunolog bilan ham bog‘lanish kerak.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.