Salomatlik Salomatlik Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

O'qildi: 256


Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

Parhez tutish uchun xohish va motivatsiya bo‘lishi kerak degan tushuncha bor, aslida esa parhezning qanchalik ta’​sir qilishida yosh, organizmda metabolizm qandayligi, genetika kabi boshqa omillar ham rol o‘rnaydi. Har kimning organizmi, yoshi va geni turli ekani nuqtayi nazaridan parhez ham hammaga har xil ta’sir o‘tkazadi. Kimgadir shunchaki shirinlikdan voz kechish, boshqa bir odamga bo‘lsa 16 soat och yurish yoki ratsioniga oqsil qo‘shish kerak bo‘ladi. Elle nashrining yozishicha, Stenford tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o‘tkazib, parhez samaradorligini oshirish uchun 3 universal qoida ishlab chiqqan.

Foto: Good housekeepingTadqiqotda, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 609 kishi ishtirok etgan, ishtirokchi ayol va erkaklar soni bir-biriga teng bo‘lgan. Tadqiqotchilar biologik omillar va turli parhezlar o‘rtasidagi munosabatni kuzatgan. Ishtirokchilarning yarmi, 1 yildan ko‘p vaqt mobaynida ketogen parhez tutgan, ya’ni kam uglevod, ko‘p miqdorda yog‘ va oqsil iste’mol qilgan. Qolgan yarmi bo‘lsa, tarkibida yog‘ va uglevod kam, oqsil ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Tajriba dinamikasini kuzatgan tadqiqotchilar quyidagi xulosalarga kelgan.

Mavzuga doir: O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.