Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato
Uyqusizlik, charchoq va ortiqcha vazndan aziyat chekayapsizmi?Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘p qahva ichish
Foto: The FixOqibati — uyqusizlik, asabiylik, xavotirning ortishi.Qahva organizmni tez qarishini oldini oluvchi antioksidant, yurak-qon tomir kasalliklarida profilaktik vosita bo‘lsa-da, keragidan ortiq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Tarkibidagi kofein vaqtinchalik uyquni qochirgani, energiya bergani bilan o‘ziga o‘rgatib qo‘yadi, usiz tura olmaydigan ichmasa o‘zini lohas his qiladigan bo‘lib qoladi kishi. Qahva o‘rniga ko‘k, zanjabil va limonli choy yoki sharbatlar ichish tavsiya qilinadi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish
Foto: Getty ImagesOqibati — ortiqcha vazn, xolsizlik va charchoq
Tartibsiz, vaqtida ovqatlanmaslik ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘ladi. Kun tartibingizda, albatta, nonushta, tushlik va kechki ovqat o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Ulardan boshqa vaqtda qorningiz ochgandek tuyulsa, ko‘proq suyuqlik, meva va sabzavotlar yeyish tavsiya qilinadi. Fast food va xamirli ovqatlarni taomnomangizdan olib tashlab, sut, qatiq, ko‘katlar ko‘proq iste’mol qiling.
Mavzuga doir: Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida
Manba