Salomatlik Salomatlik Foydalidek tuyuladigan 3 ta zararli mahsulot

Foydalidek tuyuladigan 3 ta zararli mahsulot

O'qildi: 259


Foydalidek tuyuladigan 3 ta zararli mahsulot

Ba’zida siz-u bizga foydali bo‘lib ko‘ringan mahsulot aslida aksincha bo‘lishi mumkin. Harper’s Bazaar bir ko‘rishda foydalidek tuyilgan, ammo tarkibi o‘rganilsa, fikr o‘zgarishi mumkin bo‘lgan 3 ta mahsulot haqida ma’lumot berdi.

Yog‘siz yogurt

Foto: Harper’s Bazaar

Yogurtning yog‘sizligi hisobiga unga ko‘p miqdorda shakar qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa organizmda glyukozaning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Yog‘siz yogurtdan ko‘ra tarkibida shakar bor gazli suv ichgan yaxshi.

Don mahsulotlaridan tayyorlangan non

Foto: Harper’s Bazaar

Ko‘pincha oq undan tayyorlangan taomlardan voz kechib, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday non tarkibida konservant hamda kimyoviy moddalar ko‘p bo‘ladi. Shu bois non xarid qilishdan avval yorlig‘ini o‘qish, tarkibini o‘rganish tavsiya qilinadi.

Glyutensiz mahsulotlar

Foto: Harper’s Bazaar

Ko‘pchilik glyutensiz mahsulotlarni sog‘liq uchun foydali deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday mahsulotlarda bug‘doy uni o‘rniga jigarrang guruch uni ishlatiladi va uning tarkibida uglevodlar bug‘doy unidan kam emas.

Mavzuga doir: 

  • Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida
  • Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato
  • Tongda qahvasiz tetiklashishning 7 usuli


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.