Bezarar va foydali tuyuladigan, biroq tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar
Mutaxassislar kuniga 6 choy qoshiq shakar iste’molini xavfsiz deb biladi. Ammo ba’zida umuman boshqa mahsulotlar tanovul qilinganda, uning tarkibida shakar borligi xayolga ham kelmaydi. Do‘konlardan xarid qilingan, buyurtma berilgan, hattoki uyda tayyorlangan taomlarning ko‘pida shakar bo‘lishi mumkin. Albatta, shakarning miya faoliyati uchun foydali, shuningdek, energiya manbayi hisoblanadi. Ammo uning miqdori muntazam ravishda oshirib borilsa, qandli diabet kabi xavfli kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikning oldini olish uchun esa shirinlik miqdorini qat’iy nazorat qilish kerak. Buning uchun, albatta, qanday mahsulot tarkibida ularning qancha miqdori yashiringanligini bilish zarur.
Foto: New RetailTarkibida yog‘i kam mahsulotlarMahsulot tarkibida yog‘ miqdori qancha kam bo‘lsa, uning tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lish ehtimoli mavjud. Sababi ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ta’mini yaxshilash va ko‘proq mahsulot sotilishi uchun ularning tarkibiga ko‘p miqdorda shakar qo‘shiladi. Natijada yogurt va tvorog tarkibida 10 foizgacha shakar va shirin ta’m beruvchilar bo‘ladi.
Tayyor souslar
Ketchup, soya sousi, chili – ushbu qo‘shimchalar ichidan topiladigan eng so‘nggi narsa ham shakardir. Ammo u har qanday sous retseptiga kiritilgani ma’lum. Masalan, bir osh qoshiq ketchupga kamida bir choy qoshiq shakar qo‘shiladi. Bu souslardan voz kechish kerak degani emas, lekin uning iste’moli tufayli kunlik me’yorni oshib ketishi mumkin.
Sushi
Guruch, baliq, dengiz mahsulotlarida qanday qilib shakar bo‘lishi mumkin?Guruch pishirilganda, uning yanada mazali hamda ezilib ketmasligi uchun unga an’anaviy tarzda sirka, tuz va shakar qo‘shiladi. Natijada bir osh qoshiq shakar bir stakan sushi guruchi ichiga yashirinadi. Balki bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Konservalangan meva va sabzavotlar
Meva konservasida shakar bo‘lishi tabiiy, ammo sabzavotlar orasida eng mashhur va sevimli tuzlangan bodring tarkibidan shakarni qidirish mumkin. Shuningdek, makkajo‘xori, loviya, no‘xat va pomidorda ham bir qancha miqdorda shakar yashiringan.
Don mahsulotlari
Baton, yorma, xamirli shirinliklar, hattoki qotirilgan non tarkibida ham shakar mahsuloti yashiringan. Ushbu mahsulotlarni sotib olayotganda, ularning tarkibi bilan tanishib chiqib, bunga ishonch hosil qilish mumkin.
Non
Barcha uchun foydali bo‘lgan qora nonlar tarkibida ko‘p miqdorda shakar mavjud. O‘rtacha 100 gramm non uchun kamida 4 gramm shakardan foydalaniladi. Oq nonlar tarkibida esa bundan ham ko‘proq bo‘lishi kuzatilgan.
Go‘sht mahsulotlari
Ayniqsa, kolbasa mahsulotlarining yorlig‘iiga nazar tashlansa, uning tarkibidan albatta, shakarni topish mumkin. Ko‘pincha yarim tayyor go‘sht mahsulotlariga rang qo‘shish uchun foydalaniladi. Salomatligi uchun jiddiy munosabatda bo‘ladiganlar tayyor go‘sht mahsulotlaridan biroz tiyilishi tavsiya etiladi.
Tomat mahsulotlar
Ulardan eng ko‘p foydalaniladiganlari pomidordan tayyorlangan tomat pastalaridir. Ularning tarkibida shakar bo‘lishi aniq, ammo qancha miqdorda bo‘lishi noma’lum.
Meva sharbatlari
Sharbat qadog‘ida “shakarsiz” deb yozilgan bo‘lsada, uning tarkibiga shakar qo‘shmasdan iloji yo‘q. Hatto yangi sharbat tarkibida mevalarga qaraganda ancha ko‘p shakar mavjud. Bundan tashqari sharbatda glyukoza paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradigan tola mavjud emas, shuning uchun sharbatdagi shakar darrov qonga singadi.
Yogurtlar
Hamma yogurtlar ham foydali emas. Birgina kichkina qadoqdagi kam yog‘li yogurtning tarkibida 8 choy qoshiq shakar mavjud. Shuning uchun shakarni sof holda cheklash bilan u yashirinigan mahsulotlarning iste’moli hisobiga organizm bir kunda me’yoridan ortiq shakar qabul qiladi. Natijada sog‘liq xavf ostida qolishi shubhasiz.
Manba