Salomatlik Salomatlik Bahorda inson organizmiga yetishmaydigan 5 vitamin

Bahorda inson organizmiga yetishmaydigan 5 vitamin

O'qildi: 412


Bahorda inson organizmiga yetishmaydigan 5 vitamin

Bahor faslida ko‘pchilikda avitaminoz, ya’ni organizmda vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi. Bunda holsizlik, charchoq va lohaslik bezovta qiladi, kishining vitaminga bo‘lgan ehtiyoji yuqori bo‘ladi. Cosmopolitan nashri bahor faslida yetishmovchiligi kuzatiladigan vitaminlar asosan qaysi ekaniga to‘xtaladi.

Foto: Twitter

C vitamini

Bahorda immunitet tushishi oqibatida shamollash va gripp bilan kasallanishga moyillik ortadi. C vitamini esa antioksidant hisoblanib, organizmni turli kasalliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. C vitamini asosan sitrus mevalarda bo‘lgani sabab ratsioningizga mandarin, apelsin, limon, shuningdek, ko‘katlarni kiritish tavsiya qilinadi. Organizmda ushbu vitamin yetarli bo‘lsa, qondagi xolesterin miqdori kamayadi va asab sistemasi tiklanadi.

D vitamini

Ushbu vitaminning asosiy manbasi quyosh hisoblanadi. Vitamin A, suyak va mushaklar baquvvat bo‘lishi, miya va yurak faoliyatini yaxshilanishi hamda kayfiyatning chog‘ bo‘lishida ahamiyatli hisoblanadi. Organizmda ushbu vitamin yetishmasa turli kasalliklar kelib chiqaveradi.

Kalsiy

Ushbu mikroelementning odam organizmidagi har bir hujayra, xususan, suyaklarga ta’siri beqiyos. Kalsiy yetishmasa suyaklar qirtillashi, tirnoq sinishi va soch to‘kilishi kabi alomatlar kuzatiladi. Agar sizda shu kabi belgilar kuzatilsa, ratsioningizga zudlik bilan kalsiyga boy mahsulotlarni kiriting hamda bunday vaqtda turli parhezlarni to‘xtatib turing.

Magniy

Doim shirinlik yegingiz kelaveradimi?Unday bo‘lsa, organizmingizda magniy kamayib ketgan bo‘lishi mumkin. Mushaklarning spazmi, uyqusizlik, qattiq bosh og‘rishi va asabiylashish ham, ushbu vitaminning yetishmaslik belgilaridan hisoblanadi. Odam organizmi uchun magniyning kundalik normasi 350−800 mg tashkil qiladi. Magniy asosan yong‘oq, ko‘katlar, baliq va barra mevalar tarkibida bo‘ladi.

Temir

Bo‘shashish, hech nima qilishni istamaslikni bahorgi depressiyaga aloqasi yo‘q. Shunchaki sizga temir yetishmayapti. Bunday vaziyatda jigar, grechka, suli yormasi, yong‘oq, shaftoli, ismaloq va quritilgan mevalarni yeyish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.