Koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot berildi
O'qildi: 301
Britaniya hukumati koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Daily Post.
Foto: Daily PostQayd etilishicha, koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqish ehtimoli juda kam. Sababi respirator kasalliklar “oziq-ovqat mahsulotlari yoki ularning qadoqlari orqali tarqalmaydi”.
Hisobotda aytilishicha, agar virus oziq-ovqatlar yuzasiga o‘rnashib olsa ham u termik qayta ishlovdan keyin o‘ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, sarhil mahsulotlarni issiq suv bilan yuvishni va ularning po‘stini archib tashlab yeyishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari, har bir qadoqni ushlagandan so‘ng qo‘lni yuvish kerak.
Mavzuga doir:
- Supermarketdan sotib olingan mahsulotlarni dezinfeksiya qilish kerakmi?
- Britaniyalik shifokor koronavirusda o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan holatlar haqida gapirdi
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.