Tarkibida siz o‘ylagandan ham ko‘p shakar bo‘lgan 10 mahsulot
Ko‘pchilik vazn tashlash uchun parhez qilishni boshlab, taomnomadan makaron, kartoshka va unli mahsulotlarni chiqarib tashlashning o‘zi kifoya deb o‘ylaydi. Biroq kaloriyasi kam deb hisoblangani bilan tarkibidagi uglevodlar miqdori biz o‘ylaganimizdan ham ko‘proq bo‘lgan mahsulotlar borligini yoddan chiqarmaslik va shunga asosan ratsionni to‘g‘ri tashkil qilish kerak.
1.Quritilgan mevalar
Foto: Getty ImagesQuritilgan mevalarda yangi uzilganiga qaraganda ko‘proq uglevod bo‘ladi. Chunki quritilish jarayonida, meva tarkibidagi suv chiqib uglevodlar qoladi. Aniqlanishicha, 50 gr quritilgan o‘rik tarkibida —17 gr, anjirda —20 gr, mayizda — 26 gr uglevod mavjud.
2.Donli mahsulotlar
Foto: Getty ImagesBiz uchun oqsil manbasi sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan donli mahsulotlar uglevodlarga ham boy ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. 100 gr “chechevitsa”(yasmiq)dan tayyorlangan taomda —18 gr, no‘xatli taomda bo‘lsa 20 gr uglevod bo‘ladi.
3. Yogurt
Foto: Getty Images150 gr yogurtda — 16 gr uglevod bo‘ladi. Mazkur mahsulot ham oqsillar singari uglevodga boy sanaladi.
4. Sharbat
Foto: Getty ImagesBir stakan apelsin sharbatida — 26 gr, olma sharbatida —31 gr va klyukva sharbatida —31 gr uglevod bo‘ladi. Quritilgan mevalar singari sharbat ham uglevodlarga boy sanaladi. Yanada ajablanarlisi, sharbat qanchalik tabiiy bo‘lsa, undagi uglevodlar miqdori gazlangan suvdagidan ham ko‘p bo‘ladi.
5. Kinoa
Foto: Getty Images100 gr kinoa tarkibida — 18 gr uglevod bo‘ladi. Mazkur mahsulotda uglevod miqdori spagetti tarkibidagidan ham ko‘p.
6. Banan
Foto: Getty ImagesBanan — 25-27 gr uglevodni o‘z ichiga oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir dona banan ikki bo‘lak nonning o‘rnini bosadi.
7. Glyutensiz non
Foto: Getty ImagesBir bo‘lak glyutensiz non tarkibida —18 gr uglevod bo‘ladi. Glyutensiz mahsulotda uglevodlar ham kam bo‘ladi deb xulosa chiqarish kerak emas.
8. Barbekyuga qo‘shib iste’mol qilinadigan sous
Foto: Getty ImagesBir portsiya(50 gr)sousda — 25 gr uglevod bo‘ladi. Ushbu mahsulot uglevod manbasi ekanidan, uni shakarli sous deb ham atasa bo‘ladi.
9. Yupqa non
Foto: Getty ImagesBir dona suratdagidek non tarkibida —188 gr uglevod bo‘ladi. Oddiy nonga alternativ sifatida xarid qilinadigan mazkur nonni zararsiz deb o‘ylash xato, uning yupqaligi uglevodlarga boy emasligini bildirmaydi.
10. Mango
Foto: Getty ImagesBir dona mangoda — 20-25 gr uglevod bo‘ladi. Mango o‘rniga tarkibida uglevod kam bo‘lgan malina iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Manba