Nonushtaga nima yemaslik kerak?
Kun bo‘yi inson o‘zini yaxshi his qilishi uchun nonushtaga nima iste’mol qilgani muhim sanaladi.
Foto: Woman’s HealthQuruq yorma
Quruq yorma tarkibida uglevod va shakar ko‘p bo‘lgani bilan klechatkaga boy hisoblanmaydi. Bunday nonushtadan qondagi qand miqdori tushib ketib, natijada kayfiyatingiz tez o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Oqsilli batonchalar
Batonchalarda oqsildan ham ko‘proq shakar bo‘ladi. Shu boisdan tongni bunday mahsulot bilan qarshi olish tavsiya etilmaydi. Batonchalarni sevadiganlar uchun esa shakarsiz variantini yeyish tavsiya qilinadi.
Yog‘siz yogurt
Tongda organizmga energiya beradigan mahsulot iste’mol qilish kerak. Yog‘siz yogurt esa bunday xususiyatga ega emas. Parhezshunoslar nonushtaga 250-400 kaloriya iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Yaxshisi yogurtga suli yormasi va mevalar qo‘shib iste’mol qiling.
Sharbat
Erta tongdan bir stakan sharbat ichish organizm uchun foydali deb o‘ylovchilar yanglishadi. Ayniqsa, sharbat do‘kondan xarid qilingan bo‘lsa. Chunki bunday sharbat shakar va uglevodlar manbasi hisoblanadi. Qolaversa, nonushta qilmasdan sharbat ichganingiz hisobiga qorningiz tez ochib odatdagidan ko‘proq tushlik qilishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Bir finjon qahva
Qahva tarkibidagi kofein sizga ma’lum vaqtga yetarli energiya bergani bilan qorinni to‘ydirmaydi. Qahva iste’mol qilishdan o‘zingizni to‘xtata olmasangiz, shakarsiz, sutli qahva iching va oradan 1-2 soat o‘tib nonushta qilishni ham unutmang.
Sariyog‘li non
Sariyog‘li non nonushta uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin, ayniqsa omlet bilan qo‘shib yeyilsa. Nonushtada buning o‘zi bilan cheklanish kerak emas, meva va sutli mahsulotlar yoki tuxum, albatta, ratsioningizdan o‘rin olishi kerak.
Tez tayyorlangan suli yormasi
Suli yormasiga suv qo‘shib 5 daqiqadan keyin tayyor bo‘ladigan bo‘tqa vaqtingizni tejagani bilan foydali hisoblanmaydi. Yuqorida ta’kidlangan quruq nonushtalar tarkibidagi singari suli yormasida ham klechatka kam miqdorda.
Nonushta qilmaslik
Parhezshunoslar tongda oz-oz bo‘lsa ham tanavvul qilish kerakligini ta’kidlaydi. Nonushta kunlik energiya manbasi ekanini hisobga olgan holda, foydali mahsulotlar va vitaminlarga boy taom yeyishni unutmang. Ertalab o‘zingizni to‘q his qilsangiz ratsioningizga, kechasi qanday ovqat iste’mol qilganingizga e’tibor qarating.
Manba