Soch to‘kilishi, charchoq va husnbuzar. Taomnomani o‘zgartirish kerakligini bildiruvchi belgilar
Salomatligingiz va tashqi ko‘rinishingizdagi ayrim o‘zgarishlar siz iste’mol qiladigan mahsulot va taomnomangiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Quyida qanday o‘zgarishlar bo‘lsa ratsionga o‘zgartirish kerakligiga to‘xtalamiz.
Foto: Getty ImagesSoch to‘kilishi
Avvallari qalin, sog‘lom va mustahkam bo‘lgan sochlaringiz to‘kilishni boshlagan bo‘lsa, siz iste’mol qiladigan mahsulotlar oqsil va temirga boy emasligidan darak. Bunday vaziyatda, tarkibida B12 vitamini, to‘yingan yog‘ bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, hafta davomida baliq, dengiz va donli mahsulotlarni yeyishga odatlaning.
Loqaydlik va charchoq kuzatilishi
Ikkinchi belgi sizda apatiya, ya’ni — loqaydlik, hafsalasizlik hamda qiziqishning yo‘qolishi hisoblanadi. Uyqudan turishingiz yoki dam olgan bo‘lsangiz ham charchoqni his qilishingiz sababi, termik ishlov berilgan mahsulotlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilayotganingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, mahsulotlar yuqori haroratda pishirilganda tarkibidagi ozuqa moddalari yo‘qoladi va bu qondagi qand miqdori ortishiga sababchi bo‘ladi. Glyukozaning ko‘payishi, organizmda insulin ortishiga olib keladi, buning oqibatida esa holsizlik va hayotiy quvvatning yetishmasligi kuzatiladi.
Tez-tez shamollash
Shamollashning tez-tez takrorlanib turishi immunitetning pastligi, kuchsizligi sabab virus bilan kurasha olmayotganini bildiradi. Organizmning shamollashlardan himoyalana olishi uchun mineral, vitamin va klechatkalarga boy bo‘lgan mahsulot iste’mol qilish kerak. Ratsioningizga tabiiy va foydali mahsulotlarni kiritib siz kasalliklarning oldini olgan bo‘lasiz.
Yuzda toshma va husnbuzarlarning paydo bo‘lishi
Husnbuzarlar salomatlikda qandaydir muammo borligini bildiradi. Yuzingizga avvalgidan ko‘proq toshma toshayotganini payqasangiz, eng avvalo nima iste’mol qilayotganingizga va qaysi mahsulotdan keyin toshma kuzatilayotganiga e’tibor qarating va aynan o‘sha mahsulotni ratsioningizdan olib tashlang.
Manba