Salomatlik Salomatlik Magniy yetishmasligi: Koronavirus asoratlari yuzaga kelish xavfi mavjudligining 7 alomati

Magniy yetishmasligi: Koronavirus asoratlari yuzaga kelish xavfi mavjudligining 7 alomati

O'qildi: 270


Magniy yetishmasligi: Koronavirus asoratlari yuzaga kelish xavfi mavjudligining 7 alomati

Italiya va fransiyalik mutaxassislar magniy yetishmasligi organizmga koronavirus infeksiyasi singari ta’sir qilishi mumkin, degan fikrga kelgan. Magniy yetishmaganida va COVID-19’ga chalingan bemor qoni quyiladi va bu bilan insult va infarktning paydo bo‘lish xavfi ortadi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Magniy va koronavirus o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Tadqiqot mualliflari koronavirus va magniy yetishmasligi hujayralarga birdek ta’sir qilishiga e’tibor qaratgan. Kalsiy almashinuvida ishtirok etgani sabab ham magniy yetishmaganda hujayralarda kalsiy miqdori ko‘payadi va balans buzilishi a’zolar faoliyatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ayniqsa, miya, asab, shuningdek, jigar va qon-tomir hujayralari aziyat chekadi.

Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar hujayralarida ham kalsiy miqdori ko‘payadi va bu turli darajadagi jiddiy asoratlarga olib keladi. Tadqiqot mualliflari koronavirusga chalinganlik yoki davolanish davrida magniy qabul qilish kalsiy balansini me’yorlashtirib, uning almashinuvini yaxshilaydi degan fikrda. Hatto koronavirus bilan kasallanmagan kishilar ham organizmda magniy yetishmasligidan dalolat beradigan quyidagi alomatlarga befarq bo‘lmasligi kerak.

Shirinlikka moyillik

Og‘ir bo‘lgan jismoniy mashqlar yoki kayfiyat bo‘lmaganda shokolad iste’mol qilishni istash bekorga bo‘lmasligi, bu magniy miqdorining keskin tushib ketgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shirinlik yeyishni doimiy ravishda istash organizmga magniy yetishmayotganining signali bo‘lishi mumkin.

Mushaklar tortishishi va og‘riq

Mushaklar tortishishi va og‘riq kuzatilishi magniy yetishmayotganining eng ko‘p tarqalgan simptomlaridan biri. Mushaklar tortishishining takrorlanishi qancha tez kuzatiladigan bo‘lsa, magniy moddasi shuncha ko‘p yetishmayotganini bildiradi.

Uyqusizlik

Miyani tinchlantirish magniyga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. U yetishmaganida jizzakilik, stress bo‘ladi va uyqu ham me’yorida bo‘lmaydi. Qolaversa, magniy yetishmaganda bezovta oyoqlar sindromi ham kuzatiladi va bunda oyoq uchida tomir tortishishi kuzatiladi. Bunda kishi tiniqib uxlay olmaydi.

Jig‘ildon qaynashi

Hazm jarayoniga ham yordam bergani sabab ushbu modda yetishmaganida taom hazm bo‘lmaydi va jig‘ildon qaynashi kuzatiladi. Agar bu holat sizga begona bo‘lmasa hamda takrorlanib turadigan bo‘lsa, magniy miqdorini tekshirtirib ko‘ring.

Apatiya va tez g‘azablanish

Asab tizimining me’yorda ishlashi uchun ham magniy o‘ta muhim hisoblanadi va u yetishmaganida apatiya, ya’ni loqaydlik, hafsalasizlik hamda qiziqishning yo‘qolishi, tez stressga tushish kabi holatlar kuzatiladi.

Qabziyat

Magniyning oshqozon ichak traktidagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Qabziyatning paydo bo‘lishiga turli sabablar bo‘lishiga qaramay, ich qotishi bilan birga yuqorida ta’kidlangan simptomlar kuzatiladigan bo‘lsa, magniy miqdorini tekshirtirib ko‘rish tavsiya qilinadi.

Migren

Magniy yetishmaganda, shuningdek, qon tomirlarning tez-tez kengayishi va torayishi kuzatiladi. Bu esa boshning ma’lum bir qismida qattiq bosh og‘rig‘i kelib chiqishiga olib keladi. Migren muntazam ravishda nevrolog nazoratida bo‘lish kerak bo‘lgan holat, shunga qaramay og‘riqlar paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa, magniy miqdorini tekshirtirib ko‘rish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.