Qonni tozalashga yordam beruvchi mahsulot hamda tabiiy ichimliklar
Avvallari yoshi katta insonlarda qon quyuqlashishi, tromb hosil bo‘lishi ko‘p uchragan va natijada hayot uchun xavfli holatlarni keltirib chiqargan. Hozir esa bunday vaziyat yoshlar orasida ham keng tarqaldi. Albatta, bunga kamharakatlilik, tabiiy masulotlardan iste’mol qilmaslik va ekologiyaning buzilishi sabab bo‘lmoqda. Qon bilan bog‘liq mummolarni bartaraf qilish uchun muntazam ravishda dori ichish emas, aksincha qonni tozalovchi mahsulotlar iste’mol qilgan afzal. Ham foydali, ham mazali!
Qonni tozalash uchun qanday mahsulotlar tanovul qilish kerak?
Avokado. Ushbu mevaning foydasi uzoq yillar avval isbotlangan. 1996-yilda meksikalik tadqiqotchilar ushbu mevani bir hafta davomidan uzluksiz yeyish orqali inson organizmidagi xolesterin miqdori 20 foiz kamayganini aniqladi. Immunitet tizimini mustahkamlovchi A, E, C vitaminlari bilan birga kaliy va magniy – gipertenziyani davolash elementi mavjud. Nyu-Yorklik mutaxassis Mega Medden sendvichga yog‘ning o‘rniga bir parrak avokado qo‘shib yeyishni afzal, deb biladi. Sababi u qon tomirlari uchun foydali va sendvich esa yanada mazali. Shuningdek, qon tozalanishida kivi va olma ham tavsiya etiladi.
Yong‘oqlar. Bodom yog‘lar, E vitamin, yong‘oq esa omega-3’ning manbayi hisoblanadi. Amerika Kordiologiya assotsiatsiyasining ta’kidlashicha, to‘yingan yog‘lar xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Hamisha inson o‘zi bilan bir hovuch yong‘oq olib yurishi va uni boshqa zararli mahsulotlar bilan o‘rnini almashtirishi kerak.
Go‘shti qizil baliq.(yog‘li baliq)Skumbriya, seld, tunets, go‘shti qizil baliq – barchasi omega-3’ga to‘la. Shuning uchun ham baliqlardan haftasiga ikki marta tanovul qilish yurak kasalliklarini oldini oladi va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasini ko‘taradi, ya’ni bular foydali xolesterinlar deb ataladi.
Sarsabil. Sarsabil biriktiruvchi to‘qima va K, B1, B2, C va E vitaminlariga boy bo‘lib, qon bosimini tushishiga yordam beradi va jiddiy yurak xastaligi va yurak xurujiga olib keluvchi qondagi tromblarni yo‘qotadi.
Brokkoli. Unda ko‘p miqdorda biriktiruvchi to‘qimalar bo‘lib, faqat qon bosiminigina tushirib qolmay, stressdan ham qutqaradi.
Zanjabil. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, zanjabil arteriyalarda qon tromblarini 25 foizga kamaytiradi.
Xurmo. Xurmolar tarkibida qonda xolestrin miqdori va trigliseridni kamaytiradigan antioksidant va polifenlar mavjud. Ular qon arteriyalarini tozalaydi.
Klyukva. Klyukva foydali xolesterin darajasini ko‘tarib, zararli xolesterin darajasini kamaytiradi. Yurak kasalliklarini 40 foizga kamaytiradi.
Pishloq. Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, bir kunda uch mahal yog‘siz sut mahsulotlarini iste’mol qiladigan odamlar umuman sut mahsulotini kam tanovul qiladiganlarga nisbatan sistolik qon bosimi pastroq bo‘larkan.
Tarvuz. Ajoyib yegulik. Nafaqat parhez mahsulot, balki yurakni ham himoya qiladi. Florida universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlariga ko‘ra, 4000 mg L-sitruli(tarvuzda bo‘ladigan aminokislota)qabul qilgan odamlar qon bosimini 6 haftada tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Aminokislotalar organizmga qon tomirlarni kengaytiradigan nitrat oksidi hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Ismaloq. Ismaloq tanovuli organizmda ateroskleroz xavfi bo‘lgan gomosistein darajasini me’yorlashtiradi.
Loviya. Tarkibida oqsil, biriktiruvchi to‘qima, temir va folat kislotasi mavjud va infarkt va insultning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Qon tozalash uchun qanday ichimliklar ichish kerak?
Zaytun yog‘i. Qonning oksidlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan olein kislotasiga boy. Salat va taomlar uchun ajoyib tanlov. Zaytun yog‘idan kamroq ishlatish tavsiya etiladi, sababi koloriya miqdori juda yuqori.
Anor. O‘zi ham, sharbati ham foydali. Uning ortiqcha miqdori yoki urug‘lari oshqozon kasalliklariga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, suyaklarni mustahkamlaydi va gormonlarni me’yorga keltiradi.
Apelsin. Apelsin sharbati C vitamin va antioksidantlar qonni tozalashda faol ishtirok etadi.
Spirulina(suv o‘ti). Kundalik dozasi 4500 milligrammni tashkil etadi, u arteriyalarning devorini bo‘shatishga va qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beradi.
Qahva. Mutaxassislarning izlanishiga ko‘ra, 13 yildan buyon kuniga ikki mahal qahva ichuvchi insonning yurak xastaligiga chalinish xavfi umuman yoki kamroq qahva ichgan insonnikiga qaraganda 20 foizga kam ekan.
Ko‘k choy. Organizmdagi xolesterinni kamaytiradi, vazn tashlashga yordam beradi va saraton kasalligining oldini oladi.
Manba