Salomatlik Salomatlik Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?

Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?

O'qildi: 275


Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?

Turli kasalliklar va mavsumga xos avitaminoz, ya’ni organizmda vitamin yetishmasligi kuzatiladigan kuz fasli ham eshik qoqib turgan bir vaqtda salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish kerak. Inson organizmi va sog‘lig‘i uchun muhim rol o‘ynaydigan vitaminlarning yetishmasligi turli xastaliklarga sabab bo‘ladi. Uning oldini olish uchun esa mutaxassis ko‘rsatmalariga amal qilish zarur hisoblanadi. Harper’s Bazaar nashri yozdan keyin tana va ruhiyat tetikligini saqlash uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida shifokor-terapevt Yekaterina Serebryakova tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Foto: Good FonAllergologga murojaat qiling

Kunlar isishi bilan allergik kasallik kuzatiladigan insonlar kuz faslining ilk oyida havo harorati yuqori, tabiatga xos allergenlar mo‘l bo‘lishi, gul va o‘simliklar ochilib changlanishda, iste’molidan keyin qichish va qizarishlar kuzatiladigan mevalar pishishda chaqqanidan keyin allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan hasharotlar faol ekanini inobatga olishi lozim. Bundan tashqari havoda allergik reaksiyani qo‘zg‘atadigan mog‘or zamburug‘i bo‘lishini ham unutmaslik kerak. Agar ushbu faslda sizda allergiyaga xos alomatlar, belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, ularga befarq bo‘lish, o‘zini o‘zi davolash bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi. Chunki O‘RVI(o‘tkir respirator virusli infeksiya)bilan allergiyaning simptomlari bir-biriga o‘xshab ketadi va aniq tashxisni bilmagan odam yanglishib noto‘g‘ri davo qo‘llashi va bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois ham allergologga murojaat qiling va ko‘rsatmalarga asosan davolash choralarini olib boring.

Emlanish 

Kasalliklarga qarshi emlanish kerak yoki kerakmasligi haqida turli bahsli qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, agar siz emlashga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsangiz, shifokorlar ushbu muolajani necha yosh bo‘lishingizdan qat’i nazar, kuzda amalga oshirishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, qish kelishi bilan pnevmokok infeksiya va gripp kasalliklari ko‘p uchrashi, ularga qarshi emlangandan keyin organizmda patogen(kasallik qo‘zg‘atuvchisi)ga qarshi immunitet hosil bo‘lishi uchun vaqt kerakligi bois ham ushbu faslda emlanish maqsadga muvofiq.

Psixoterapevt qabuliga yoziling

Kuz kelishi bilan kunlarning qisqarishi inson kayfiyati va organizmiga ta’sir etmay qolmaydi. Bosim, havo harorati hamda iqlimdagi o‘zgarishlar ruhiy tushkunlikka olib kelishi, biologik ritm va gormonal o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Kunlar sovishi bilan kayfiyatingiz hamda o‘zingizni his qilishingiz yomonlasha boshlashi kuzatilsa, psixoterapevt qabuliga yoziling.

Nevrolog tavsiyalariga amal qiling

Havo haroratining keskin o‘zgarishi bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlarda bosh og‘rig‘i, holsizlik, surunkali charchoq va qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Shu kabi simptomlar sizda kuzatiladigan bo‘lsa, aniq tashxis va individual davo uchun nevrologga murojaat qiling. Uqalash, sport bilan shug‘ullanish va dori vositalarini qabul qilish mavsumga xos sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishi mumkin.

Qaysi shifokorga birinchi borgan ma’qul?

Agar siz shifokorlardan qay biriga birinchi bo‘lib murojaat qilish haqida bosh qotirayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi terapevtga uchrang. Umumiy tekshiruvlar o‘tkazilganidan keyin terapevtning o‘zi qaysi shifokor qabuliga yozilish kerakligini ma’​lum qiladi. Asosiysi, o‘zboshimcha tashxis qo‘yish va bilib-bilmas davolanishdan qoching. Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang.

Mavzuga doir: 

  • Immunitetni ko‘tarishning ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta usuli
  • Immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan 3 tavsiya
  • Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.