Yuz terisi tiniqlashishi uchun nima yeyish va aksincha nimadan tiyilish kerak?
Terining holati, albatta, kundalik ovqatlanishga bog‘liq. Ba’zida iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tufayli turli xil toshmalar, dog‘lar paydo bo‘lishidan aksariyat ayollar bexabar. Shubhasiz, ular bu kabi muammolar gazli ichimliklar yoki fastfud yeguliklari sababli yuzaga keladi, degan izohni bildiradi. Ammo bu dengiz mahsulotlari iste’molidan so‘ng yuzaga kelishi ham mumkin. Bunday noxush voqealardan xalos bo‘lish uchun ratsionga nimalar kiritish kerak va qaysi ortiqcha mahsulotni chiqarish kerakligini bilib qo‘ygan yaxshi.
Foto: Getty ImagesTeriga salbiy ta’sir qiladi
Shakar
Teriga ko‘proq ziyon keltiruvchi mahsulot haqida 10 ta mutaxassisdan so‘ralsa, ular bir ovozda “shakar”, deb javob qaytaradi. Sababi shakar kollagenni parchalaydi va bu mayda yara(ekzema)larni keltirib chiqaradi. Eng achinarlisi shundaki, shakar shirin bo‘lmagan taomlar tarkibida ham bo‘ladi, masalan, chips, sous va salatlar. To‘g‘ri, organizm vaqti-vaqti bilan shirinlik talab etadi. Lekin ular mevalarga almashtirilsa, ratsion uchun ham, salomatlik uchun ham foydali. Ularning tarkibida ham shakar bor, faqatgina ko‘p miqdorda antioksidant bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Sut
Oxirgi vaqtlarda sog‘lom turumush tarzi tarafdorlari sut mahsulotidan biroz shikoyat qilmoqda. Albatta, yuz toshmalari va laktoza o‘rtasida bog‘liqlik bor. Lekin salbiy ta’sirning sababi nima ekani noma’lum. Agar sut iste’molidan so‘ng inson o‘zini har tomonlama yaxshi his qilsa, yuqoridagi fikrlarga e’tibor bermagan ma’qul. Bordi-yu, sut tufayli jismoniy noqulayliklar tug‘ilgan bo‘lsa, demak, bu orqali teriga ham salbiy tomonlari mavjud. Shunday vaqtlarda sut mahsulotini ratsiondan chiqarish lozim.
Foto: “Kommersant.ru”Dengiz mollyuskalari
Agar tushlikka dengiz mollyuskalarini tanovul qilishni yoqtiradiganlar bo‘lsa, afsuski, buni to‘xtatish lozim. Agar teri mukammal bo‘lishini chindan ham istaydiganlar bo‘lsa, mutaxassislar uni ratsiondan chiqarishni buyuradi. Organizmda yod miqdorining ko‘pligi gormonal buzilishni hosil qiladi. Yuzda toshmalar va qizarish, yallig‘lanish ro‘y beradi. Albatta, ushbu mahsulotdan butunlay voz kechish kerak emas, uning iste’molini kamaytirish zarur, masalan, bir oyda ikki martagacha ruxsat beriladi.
Teriga ijobiy ta’sir qiladi
F vitamini
U dorixonalarda sotilmaydi, yog‘ kislotalari kompleksida mavjud. F vitamini tarkibida omega-6 ga boy bo‘lgan linoleik kislota mavjud. Shuningdek, toshma muammosi bor insonlarga linoleik kislota kerak. Bu terining himoya to‘sig‘ini yaratishga va to‘qimalarni yaxshilashga yordam beradi. Modda tabiiy yog‘lar va urug‘larda mavjud, ammo ehtiyot bo‘lish kerak, omega-6 ning ortiqchasi yallig‘lanishni keltirib chiqadi.
С vitamini
Ushbu vitamin sitrus mevalar, kivi, guave, shirin qalampirda mavjud. Terini himoya qiladigan kollagenni kuchaytirish uchun C vitamini juda zarur. Mahsulot qancha yangi bo‘lsa, antioksidantlar shunchalik ko‘p bo‘ladi. C vitaminini ko‘paytirish uchun greypfrut, kivi va apelsinga murojaat qilish kerak. Aytgancha, ularning tarkibida shakar miqdori kam.
Mavzuga doir:
- Yuz terisi parvarishi bo‘yicha ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri fikrlar
- Mutaxassislardan sutni kosmetik vosita sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar
- Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi
- Yuzga husnbuzar va toshmalar toshishiga sabab bo‘luvchi 7 mahsulot
Manba