Yoshga nisbatan katta ko‘rinishga sabab bo‘luvchi 6 zararli odat
Kundalik turmushda biz uchun odatiy bo‘lib qolgan odatlar salomatlik shuningdek tashqi ko‘rinishga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. “Domashniy Ochag” qaysi zararli odatlar yoshga nisbatan katta ko‘rinishga sabab bo‘lishi bilan bo‘lishadi.
Foto: “Skin.ru”Quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalardan foydalanmaslik
Teri go‘zalligi uzoq vaqt go‘zallik va salomatligini yo‘qotmasligi uchun quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish muhim sanaladi. Quyosh nuridan nafaqat sohilda, balki bir soatga ko‘chaga chiqqanda ham foydalanish kerak. Gap shundaki, hatto oz miqdordagi ultrabinafsha nuri ham yuz va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SPF kremlardan foydalanmaydigan ayollar tengdoshlariga nisbatan 24 foiz katta ko‘rinadi.
Kam uxlash
Uyquning chala bo‘lishi immunitet pasayishi bilan bog‘liq kasalliklar, vazn ortishi va teri holatining so‘lg‘in ko‘rinishiga olib keladi. Tungi uyqu vaqtida butun tana a’zolari xususan teri ham qayta tiklanadi, kam uyqu esa aks ta’sir ko‘rsatadi, organizm dam olmaydi. Yuzda ajinlar kam bo‘lishi, teri tarangligi yo‘qolmasligini istasangiz, uyqu me’yorda bo‘lishiga e’tibor bering.
Sabzavot va mevalarni kam miqdorda iste’mol qilish
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 70 foiz, 80 foiz katta yoshli kishi yetarli miqdorda sabzavot va meva iste’mol qilmaydi. Ratsionda ushbu mahsulotlarning bo‘lmasligi teri holati va salomatligiga ta’sir etmay qolmaydi. Gap shundaki, meva va sabzavotlar teri hujayralari salomatligini ta’minlovchi antioksidantlarning manbayi hisoblanadi. Ayol kishi kuniga 5 porsiya meva va sabzavot iste’mol qilishi kerak.
Ko‘p shakar iste’mol qilish
Shirinlik va uglevodlar nafaqat vazn ortishi, balki terida turli muammolar paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Masalan, qonda qand miqdorining ortishi yallig‘lanish jarayonlari va yuzda husnbuzarlar toshishini keltirib chiqaradi hamda terining tarang va yosh ko‘rinishida ahamiyatli bo‘lgan kollagenga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Chekish
Chekish faqat o‘pkaga zarar deb o‘ylaganlar qattiq yanglishadi — ushbu zararli odat butun organizm, xususan, teri holatining ham yomonlashishiga sabab bo‘ladi. 79 egizak juflik ishtirok etgan tadqiqotda aniqlanishicha, chekuvchi insonlar, ko‘z atrofidagi teri ahvoli yomonroq va ajinlar soni ko‘proq ekani va ular chekmaydigan, to‘g‘ri hayot tarziga amal qiladigan egizaklariga nisbatan 5 yosh kattaroq ko‘rinadi.
Spirtli ichimlik
Spirtli ichimlik zararligi hamma bilgan, shunga qaramasdan oqibati yaxshilik bilan tugamasligi aniq bo‘lgani uchun ham ta’kidlashdan to‘xtamaslik kerak bo‘lgan fakt. Alkogol teridagi antioksidantlar miqdorini kamaytiradi va ajinlar ko‘payishi hamda suvsizlanishga olib keladi.
Go‘zallikka oshnolar uchun:
- Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada?
- Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
- Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
- Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
Manba