Issiq havoda qancha suv ichish kerak? Shifokor javob beradi
Barchaga ma’lumki, jazirama issiq sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Organizmni quyosh urishidan qanday himoya qilish kerak?Suvsizlanish va issiq o‘tishidan qochish uchun qancha suyuqlik iste’mol qilinadi?Ko‘pgina shifokorlarning fikriga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 8-10 stakan suv ichish lozim(vaznga qarab), lekin ortiqcha suyuqlik tana teshiklari orqali chiqarilishini unutmaslik kerak. Terlab chiqarilgan ortiqcha suyuqlik bilan birga organizm muhim tuz va elementlarni ham yo‘qotadi. Shuning uchun ularning o‘rni muntazam to‘ldirilishi kerak. Avval shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng vitaminlar qabul qilinadi, deb yozadi Elle.
Foto: PinterestSurunkali kasalliklarga chalingan bemor va qariyalarda harakatlanish cheklanganligi sababli suvsizlanish xavfi ko‘proq. Agar kerakli miqdorda suyuqlik qabul qilinmasa, bu ichki organlarning funksiyalarining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, issiq yoz oylarida jismoniy va kardio mashqlar suvsizlanishga olib kelishi mumkin. Ertalab yoki kechqurun sport bilan shug‘ullanish, iloji bo‘lsa, soyali joylarni tanlash, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanish lozim. 25 darajadan yuqori haroratlarda sport bilan shug‘ullanmaslik yaxshiroq.
Issiq kunda qancha suv ichish kerak?
AQSH Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kuniga 1-2 litr suv ichishni tavsiya qiladi(olti-sakkiz stakan), ammo ko‘plab shifokorlar buni minimal deb hisobladi. Issiq havoda uni 3 litrgacha oshirish kerak. Agar juda ko‘p suv ichish qiyin bo‘lsa, ularga ko‘proq muz qo‘shib, mevali ichimlik, limonad shaklida ichish mumkin.
Bundan tashqari, shifokorlar tarkibida suv ko‘p bo‘lgan mahsulotlar — meva, mevali muzqaymoq, sabzavotlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ammo qahva va spirtli ichimlik suvsizlanishga sabab bo‘ladi, shuning uchun issiqda ularni ichishda ehtiyot bo‘lish kerak.
Bolalar terisi nozik bo‘lgani uchun namlikni tezroq yo‘qotishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun, bunday ob-havoda ular doimiy ravishda va oz-ozdan suv ichishlari kerak. Bunday ob-havoda bolalar va qariyalar uchun bosh kiyish tavsiya etiladi.
Issiq o‘tganda birinchi yordam ko‘rsatish:
Organizmda namlik yetishmasligi issiq urishi, buyraklar bilan bog‘liq muammolar, tomir tortishishi va gipovolemik shokga olib kelishini unutmaslik lozim. Shuning uchun, agar kuchli zaiflik, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i kuzatilsa, oyoq-qo‘llar tortishib qolsa va isitma ko‘tarilsa, darhol suv ichishga harakat qilish, bosh va ko‘krakka sovuq kompress qo‘yish, soyada yoki salqin xonada bo‘lish lozim. Boshni ko‘tarib, barcha tor va qattiq kiyimlarni olib tashlash yoki bo‘shatish va tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak.
Suvsizlanish ham gipovolemik shokga olib kelishi mumkin. Bu suvsizlanish natijasida, qon bosimining keskin pasayishi va organizmdagi kislorod miqdori bilan yuzaga keladi. Gipovolemik shokning belgilari: chanqoq, asabiylashish, teri rangi oqarib, qon bosimining pasayishi, tez nafas olish, bosh aylanishi, holsizlik.
Juda ko‘p suv ichish ham xavfli
Bir vaqtning o‘zida litrlab suv ichish ham mumkin emas. Bu qonda elektrolitlarning suyulishiga olib kelishi mumkin, bu giponatremiya(natriy muvozanati)deb ataladigan alomatdir. Shuning uchun kattalarga soatiga bir litrdan ortiq suv ichish tavsiya etilmaydi.
Mavzuga doir:
- Nosog‘lom turmush tarzi, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo va organizmda suyuqlik to‘planishining yana 5 ta sababi
- Shishlarga o‘rin yo‘q: krem va patchlarning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi 11 ta ichimlik
- Ko‘p emas, to‘g‘ri ichish kerak: Mineral suvni qanday va qachon ichish bo‘yicha tavsiyalar
Manba