Har kuni tovuq go‘shti iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Tovuq go‘shti tarkibida vitamin va minerallar, magniy, fosfor, marganets, kalsiy va kaliy, shuningdek, uning 100 grammida 30 gramm oqsil, 2 gramm yog‘ va 0,5 gramm uglevod mavjud. Parhezdagilar uchun tovuq go‘shti ratsionga kiritilgan eng asosiy taom hisoblanadi. Ko‘pchilikka manzur keladigan tovuq go‘shti aslida salomatlik uchun foydalimi yoki aksincha?
Foto: “wday.ru”Vazn tashlashda yordam beradi
Parhez mahsuloti hisoblanmish tovuq go‘shti oson hazm bo‘ladi va oshqozonga og‘irlik qilmaydi. Uning tarkibida tanadagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydigan selen, kalsiy va magniy bor. Ushbu mahsulotni sportchilar yaxshi ko‘rishi bejizga emas, chunki u mushaklarni kattalashishini faollashtiradi.
Tetiklik paydo bo‘ladi
Tovuqni dimlab pishirish yoki sho‘rvasi charchoq va jismoniy mashaqqatdan so‘ng tiklanayotgan organizmning ratsionidagi asosiy taom hisoblanadi. Shuningdek, mahsulot organizmga energiya ishlab chiqishida ham yordam beradi.
Teri va sochlarning holati yaxshilanadi
Tovuq sho‘rva kollagenga boy. U tanadagi barcha to‘qimalarning asosi, teri, soch tirnoqlarni sog‘lom va suyaklarni mustahkam saqlash uchun ajralmas tarkibiy qismdir.
Jahldorlik bartaraf etiladi
B vitaminiga boy bo‘lgan ushbu mahsulot asab tizimiga foydali ta’sir o‘tkazadi, uyquni normallashtiradi hamda asabiy taranglikni yengillashtiradi. Triptofan aminokislotasi organizmda serotonin – baxt gormoni ishlab chiqarishiga yordam beradi. Uning ko‘magi bilan tinchlanish mumkin hamda uyqusizlik hissi yo‘qoladi.
Yurak urishi yaxshilanadi
Go‘sht tarkibidagi magniy yurak mushagini kuchaytirishga yordam beradi va qon tomirlarining elastikligini oshiradi. Mikroelementlar va ozuqaviy moddalar qon bosimini me’yorlashtiradi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Tananing himoya funksiyalari faollashadi
Amerikalik olimlar shuni tasdiqladiki, tovuq sho‘rvasini muntazam iste’mol qilish organizmning yuqumli kasalliklardan himoya qiladi va nafas yo‘llari kasalliklariga chidamliligini oshiradi.
Manba