Bir finjon qahva qanday qilib qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin hamda kimlar ushbu ichimlikdan tiyilgani ma’qul?
Kishilarni tetiklashtirishi, o‘zini yaxshi his qilishga yordam berishi bilan ma’lum bo‘lgan qahva salomatlikka ham ta’sir qilmay qolmaydi. Mutaxassislar bugunga qadar uning zararli yoki foydali ekani haqida bir to‘xtamga kelmagan. Lekin shunisi aniqki, yurak faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan qahvani salomatligida muammolari bor yoki qandli diabetga chalingan odamlar tomonidan iste’mol qilinishi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Foto: Well GoodKofein kimga qanday ta’sir etadi?Agar salomatligingiz joyida bo‘lsa, qondagi glyukoza miqdori me’yoridan oshmagan bo‘lsa, me’daosti bezidan insulin yetarli miqdorda ishlab chiqarilayotgan va hujayralar bunga reaksiya bermayotgan bo‘lsa, unda qahva sizga yomon ta’sir qilmaydi. Ammo sizda metabolizm sindromi yoki ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligi bo‘lsa, unda mazkur tetiklashtiruvchi ichimlik salomatligingiz uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki sog‘lom va qandli diabetga chalingan odam hujayralari kofeinga nisbatan turlicha javob qaytaradi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda kofein, qandli diabetga chalinganlar qonida qand miqdorini sezilarli darajada oshirib yuborishi aniqlangan. Ishtirokchilarning kuniga 2 martadan 250 mg kofein iste’mol qilganidan keyin qondagi qand miqdori 8 foizga ko‘paygan.
Insulin — organizmda uglevod almashinish jarayonini nazorat qiluvchi oshqozon osti bezi gormoni hisoblanadi. Kofein hujayralarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini susaytiradi va buning oqibatida shirinlik yoki tarkibida shakar bor mahsulot iste’mol qilinganidan keyin organizmga kirgan shakar kerakli darajada singmaydi. Bunda organizm qayta va qayta insulin ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Qandli diabet kasalligi bor odamlar organizmi insulinga salbiy javob beradi va taom iste’mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdori me’yoridan oshishi kuzatiladi. Bu vaqtda ichilgan bir finjon qahva hujayralar sezuvchanligini yanada kamaytiradi.
Bu qondagi qand miqdorining oshishi, qandli diabet kasalligi bor bemorlarning esa asab va yurak kasalliklari bilan bog‘liq muammolar xavfini oshirishi mumkin.
Buning sababi nimada?
Kofeinning bunday ta’sir qilishi sababi nimada ekani bilan bog‘liq aniq sabab yo‘q bo‘lishiga qaramay, turli qarashlar mavjud. Kofein, organizm ishlab chiqargan insulin miqdorini nazorat qiladigan adenozinni bloklovchi adrenalin ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kofein bloklaganidan keyin adenozin o‘z ishini bajara olmaydi bu esa qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladi.
Manba