Salomatlik Salomatlik Nozik mavzu: Og‘izdagi badbo‘y hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Nozik mavzu: Og‘izdagi badbo‘y hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?

O'qildi: 293


Nozik mavzu: Og‘izdagi badbo‘y hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?









Og‘iz hidlanishiga faqatgina sarimsoq piyoz emas, balki bakteriya, shamollash, kasallik va hazm tizimi bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin. Quyida og‘izdan badbo‘y hid kelishida samara beradigan usullar haqida ma’lumot beramiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Yoga bilan shug‘ullaning

Nafas mashqlarini bajarish burun-halqumdagi badbo‘y hidlardan qutulishga yordam beradi.

Sodali suv iching

Bir stakan suvga yarim choy qoshiq soda qo‘shib iching.

Qanday uxlashingizga e’tibor bering

Og‘izni ochib uxlash yoki xurrak otish so‘lak ishlab chiqarilishini kamaytirishi sabab sog‘lom nafas olishga xalaqit beradi.  Shu sabab yonboshlab yoki qorin bilan uxlash tavsiya qilinadi. Ertalablari qiynalib nafas olish uyqu apnoesidan darak berishi mumkin va bu holatda shifokorga borish tavsiya qilinadi.

Aloe sharbatini iste’mol qiling

Mazkur sharbat tish orasidagi va og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarini tozalashga yordam beradi.

Chekishni tashlang

Chekish og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarni ko‘paytiradi, bu esa badbo‘y hidlanishga olib keladi.

Ko‘proq suyuqlik iching

Organizmga suv yetishmaganda kam miqdorda so‘lak ajraladi, bu esa og‘iz hidlanishiga sabab bo‘ladi.

Olma yeyishni kanda qilmang

Meva tarkibidagi C vitamini mikroblarni o‘ldiradi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hiddan qutulishga yordam beradi.

Saqich chaynang

Badbo‘y hiddan qutulishning eng oson va eng ko‘p tarqalgan usuli saqich chaynash hisoblanadi. Saqich og‘izdagi qoldiq va bakteriyalardan qutulishga yordam beradi.

Choy iching

Tushlikdan keyin qahva o‘rniga bir finjon qora yoki ko‘k choy iching. Choy tarkibidagi polifenollar sabab kutilgan natijaga erishishingiz mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.