Salomatlik Salomatlik Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishining 5 sababi

Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishining 5 sababi

O'qildi: 290


Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishining 5 sababi

Ayrim insonlar ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga ko‘proq moyil bo‘ladi, ba’zilarda esa bu holat umuman kuzatilmaydi. Lekin ular yuzaga kelganidan so‘ng sog‘liqqa aslo e’tiborsiz bo‘lish kerak emas. Ular organizmda ro‘y berayotgan 5 ta jarayon tufayli paydo bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Noto‘g‘ri parvarish

Ba’zida ko‘z ostidagi dog‘lar odatiy krem bilan hal qilinadi. Ammo deyarli hech kim kremlarning barchasida “Ko‘z atrofiga surish mumkin emas” degan ko‘rsatmaga amal qilmaydi. Sababi ko‘z atrofi terisi juda nozik bo‘lib, har narsaga sezgir hisoblanadi, quyosh nuridan salqin havogacha. Agar quyosh nuridan himoya qilinmasa, ushbu sohada pigmentatsiya faollashadi, uni ko‘pincha shunchaki ko‘z ostidagi dog‘lar, deb xato o‘ylash mumkin. Shuningdek, yana bir muammo, piling yoki lazerli jarayonlarni ham ko‘z atrofida qo‘llash mumkin emas.

Foto: Cosmopolitan

Buning uchun maxsus ko‘z kremdan foydalanish zarur. Agar shish paydo bo‘lishiga moyillik bo‘lsa, uning tarkibida komponentlar, masalan, yalpiz bo‘lishi kerak. Bunday kremlar ko‘z atrofi va yuz rangini bir xil qilishda va teri qarishining oldini olishda yordam beradi.

Allergiya

Qora dog‘lar allergiya alomati bo‘lishi ham mumkin. Masalan, gul hidi, chang yoki uy hayvonlari yungiga allergiya bo‘lsa, unda allergiyaning alomatlari uning egasiga ma’lum bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Ammo kamdan kam hollarda allergiya bilan kasallanganlar ko‘z atrofidagi muammoni o‘zlarining surunkali kasalligi bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, tez-tez burun bitishi va oqishi paytida ko‘z atrofidagi tomirlar kengayadi. Albatta, allergiyani bir kunda yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo teriga salqin kompresslar orqali yordam berish mumkin.

Ko‘zni charchatish

Ko‘pchilik insonlar kuni bo‘yi kompyuter qarshisida ishlaydi, undan bo‘sh vaqtlarda esa smartfon bilan ovora bo‘ladi. Bu nafaqat ko‘z kapillyarlariga, balki atrofdagi tomirlariga ham katta qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun ko‘z ostidagi ilk qorayishlar ko‘p kitob o‘qish davrida yuzaga keladi. Agar ko‘z toliqishi haddan ortiq bo‘lsa, ular uchun maxsus mashqlar bajarish lozim. Ko‘zni dam oldiradigan tomchilarni qo‘llash va ko‘z atrofini barmoq uchida yengil massaj qilish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Vitamin yetishmasligi

Ko‘z qorayishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri “panda effekti” hisoblanadi. Bu holatda kremlar va surmalar yordam bermaydi. Organizmga qanday vitamin yetishmasligini aniq bilish uchun test topshirish va natijalarni shifokor bilan tahlil qilish zarur. Shuningdek, qoida tariqasida qora dog‘lar B12 vitamini yetishmasligining belgisidir. Maxsus vitamin komplekslari, go‘sht, dengiz mahsulotlari, ismaloq va dukkakli ekinlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Surunkali charchoq

Organizm surunkali charchoq tufayli zimmasiga yuklatilgan vazifani bajara olmaydi. Uning natijasida ko‘z ostida qorayishlar paydo bo‘ladi. Ko‘z ostidagi bu ko‘rinishlar kundalik hayotni o‘zgartirish vaqti kelganini belgilaydi. Tanaga biroz dam berish, hech bo‘lmaganda ketma-ket kamida uch kun tiniqib uxlash tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.