Salomatlik Ayollar uchun Qishga tayyorgarlik: Mevalar, sabzavotlar va ko‘katlarni muzlatishning 10 qoidasi

Qishga tayyorgarlik: Mevalar, sabzavotlar va ko‘katlarni muzlatishning 10 qoidasi

O'qildi: 568


Qishga tayyorgarlik: Mevalar, sabzavotlar va ko‘katlarni muzlatishning 10 qoidasi

Har qanday sabzavot, meva va rezavorlarni qishgacha muzlatib saqlash mumkin. To‘g‘ri muzlatilmagan sabzavotlar va mevalar tarkibidagi vitaminlarni yo‘qotish bilan birga sifatini ham saqlab qolmaydi. Konservalangan mahsulotlar esa kamdan-kam hollarda vitaminlarni saqlab qoladi. Quyida sabzavot, meva va ko‘katlarni to‘g‘ri muzlatish haqida ma’lumot beriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Asosiy qoida — tez muzlatish(-18 daraja haroratda)va asta-sekin muzlatish haroratini tushirish

Muzlatishdan oldin rezavorlar va sabzavotlar muzlatgichda 4-5 daraja yoki undan past haroratda bir kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak.

Saqlash muddati

  • sabzavotlar — 3-12 oy
  • mevalar va rezavor mevalar — 9-12 oy
  • ko‘katlar 3-4 oy davomida saqlanadi
  • qo‘ziqorinlar — 3-6 oy
Muzlatilgan mevalar, sabzavotlar erigandan keyin ularni qayta muzlatmang.

Pishib ketgan meva va sabzavotlarni muzlatmang

Muzlatish uchun faqat yangi, butun va buzilmagan mevalar, rezavorlar va sabzavotlar mos keladi. Ortiqcha pishgan mevalar muzlatishga yaramaydi. Muzlatishdan oldin meva va sabzavotlarni yaxshilab iliq suvda yuvib oling. Yuvilgan sabzavotlar, rezavorlar va ko‘katlar toza mato ustiga qo‘yilishi va quritilishi kerak. Katta mevalar tilimga kesilishi, ortiqcha qismlardan(urug‘, novdalar va boshqalar)tozalanishi mumkin.

Oqartirish

Muzlatishdan oldin ba’zi sabzavotlar va ko‘katlarni oqartirish mumkin. Bu ularning saqlash muddatini uzaytiradi va chiroyli rangini saqlab qolishga yordam beradi.

Oqartirish — mahsulotlarni qaynab turgan suv yoki bug‘ bilan yopiq idishda dimlash. Mahsulot 1-5 daqiqa davomida qaynoq suvga botiriladi.

Qadoqlash

Mahsulotlarni iste’mol qilish qulayroq bo‘lishi uchun kichik qismlarda muzlatish yaxshiroqdir. Oddiy idishlar yoki plastik paketlarga 200 grammdan 600 grammgacha sabzavot yoki rezavorlar mevalar soling(har biriga). Paketlardan ortiqcha havoni chiqarib tashlang. Paketlar muzlatgichga o‘tkazilganda yirtilmasligi uchun suv o‘tkazmaydigan va mustahkam bo‘lishi kerak.

Malina yoki qorag‘at kabi yumshoq rezavorlar uchun idishlardan foydalaning, ular paketda eziladi. Ularni yuvishda ham idishlarga terishda ham ehtiyot bo‘lish kerak.

Pomidor

Ushbu sabzavotni muzlatishda eng yaxshi navini xarid qilishingiz kerak. Toza, quruq pomidorlarni doira yoki tilimga kesib, ikki bosqichda muzlatish kerak: birinchi navbatda taxtadan bo‘lgan idishlarda va bir necha soatdan keyin uzoq muddat saqlanishi uchun paket yoki idishga soling.

Ko‘katlar

Bir necha turdagi ko‘katlarni(petrushka, arpabodiyon, rayhon, tarragon va boshqalar)mayda to‘g‘rang va aralashma tayyorlashga harakat qiling, so‘ngra bu aralashmani muz qoliplariga quying. Sho‘rva va pishiriqlarga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qulay muz kublarini tayyorlang.

Oziq-ovqatlarni muzlatishda shakar yoki tuz qo‘shishingiz shart emas.

Qulupnay va yertut

Bu rezavor mevalarni terib olgandan so‘ng bir necha soat ichida muzlatish juda muhim. Buning uchun ular yaxshilab yuvilishi, sopi olib tashlanishi va toza qog‘oz sochiqda quritilishi kerak.

Smorodina, krijovnik va golubika

Muzlatishdan oldin rezavorlar sovuq suv bilan yaxshilab yuvilishi va so‘ngra sochiqda quritilishi kerak.

Mavzuga doir:

  • Qishga tayyorgarlik: qulupnay, gilos va boshqa rezavor mevalarni qanday muzlatish kerak?
  • Qishga tayyorgarlik: uzumdan xushta’m kompot yopamiz
  • Do‘kondagidan arzon va barakali: Qishga pomidor va sarimsoqdan tayyorlab yopiladigan tomatli sous retsepti
  • Qishga loviya va baqlajondan tayyorlab yopiladigan salat retsepti




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.