Salomatlik Salomatlik Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin? Mutaxassis tavsiyasi

Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin? Mutaxassis tavsiyasi

O'qildi: 276


Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin? Mutaxassis tavsiyasi

Kundan kunga dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni ortib bormoqda. Ayrim mamlakatlar pandemiyaning ikkinchi to‘lqinini bashorat qilsa, yana ayrimlari bu mavsumda shamollashning kuchayganligini taxmin qilmoqda. Lekin hech kim kuz va qish mavsumida koronavirusning chekinishi haqida biror ma’lumot ayta olmaydi. Ehtimol, insonlar chindan ham koronavirus bilan yashashga ko‘nikar, organizm infeksiyaga qarshi immunitet hosil qilar. Nima bo‘lganda ham, shifokorlar virusning yengil shakli bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida davo topishi uchun maslahat beradi. Buning uchun quyida keltirilgan ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqish lozim.

Foto: “Domashniy ochag”

Koronavirusning yengil shakli qanday o‘tadi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning 80 foizi koronavirusning yengil shakli bilan kasallangan. Qolgan ulushni esa “o‘pka” kasallari tashkil etadi. Koronavirusning alomatlari barchaning yodida:  yuqori isitma, quruq yo‘tal, ta’m va hid sezgisining yo‘qolishi, ko‘krak qafasdagi og‘riq, nafas olish muammolari.

Kasallikning yengil shaklida, asosan, alomatlarning kamaygan holati kuzatiladi. Shuningdek, ular boshqa respiratorli kasallik ortiga ham yashirinishi mumkin.

Koronavirusning yengil shakli quyidagi alomatlar bilan birga keladi:

  • tana zaifligi;
  • yuqori bo‘lmagan yoki past tana harorati;
  • yo‘tal;
  • bosh og‘rig‘i.
Ushbu alomatlarni, albatta, gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning namoyon bo‘lishi bilan osonlikcha adashtirish mumkin. Ammo esda tutish kerakki, inson uchun tanish bo‘lgan oddiy virusli kasalliklar deyarli har doim nam, balg‘amli yo‘tal, burun oqishi va bitishi bilan ajralib turadi.

Masofadan davolanish mumkinmi?

Agar tavsiyalar o‘z vaqtida bajarilsa, koronavirusni uyda davolash mumkin. Ammo bemorning ahvoli bir necha soat ichida yomonlashishi ham mumkin. Shuning uchun bemor nazorat ostida bo‘lishi kerak. Alomatlar kuchaygan vaqtda darhol shifokor chaqirish lozim.

Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Koronavirusni uy sharoitida davolash bo‘yicha shifokor tavsiyasi ORVI yoki grippga chalingan bemorlarga beradigan yo‘riqnomaga o‘xshaydi. Masalan, yotoqda yotish, ko‘proq suyuqlik ichish, parhezga rioya qilish kerak. Shuningdek, profilaktika chorasi sifatida kuniga kamida bir marta nafas siqilishini bartaraf etadigan maxsus mashqlar tavsiya etiladi.

Orqa bilan yotish:

  • Yerga yoki karavotga yotiladi.
  • Bo‘ksa tagiga yostiq qo‘yish kerak, shunda ko‘krak qafasi oyoq balandligiga nisbatan pastroqda turadi.
  • Sekin-asta burundan nafas olinib, og‘izdan chiqariladi. Nafas chiqarish vaqti nafas olishga qaraganda ikki baravar uzoqroq bo‘lishi kerak.
  • Ushbu jarayonni bir necha daqiqa davomida takrorlash tavsiya etiladi.
Yon tomonga yotish:
  • Boshni qo‘llar yoki yostiq ustiga qo‘yib, yon tomonga yotish kerak.
  • Bo‘ksa ostiga yostiq qo‘yiladi, ko‘krak qafasi bo‘ksadan pastroqda turishi kerak.
  • Yuqoridagi holat takrorlanadi. Burundan nafas olib, og‘izdan chiqariladi.
  • Keyin boshqa tarafga qarab, jarayonni takrorlash tavsiya etiladi.
Qorin bilan yotish:
  • Yostiq yerga qo‘yiladi.
  • Bo‘ksa ko‘krak qafasdan balandroq turadigan darajada yostiq ustiga qorin bilan yotiladi.
  • Burundan nafas olib, og‘izdan chiqariladi. Ushbu jarayon bir necha marta takrorlanadi.
Mashq qilish mobaynida holat kuzatib borilishi kerak. Agar harorat sezilarli darajada ko‘tarilib, yo‘tal kuchaysa, shuningdek, ko‘krak qafasida og‘riq va sanchiqlar paydo bo‘lsa, mashg‘ulot to‘xtatilib, shifokorni chaqirish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.