Salomatlik Salomatlik Qalqonsimon bezga zarar keltiradigan 10 ta mahsulot

Qalqonsimon bezga zarar keltiradigan 10 ta mahsulot

O'qildi: 247


Qalqonsimon bezga zarar keltiradigan 10 ta mahsulot

Organizm uchun muhim sanalgan qalqonsimon bezning zararlanishiga nojo‘ya xatti-harakat yoki noto‘g‘ri ovqatlanish ham ta’sir qilishi, buning ortidan esa salomatlikda turli muammolar kuzatilishi mumkin

Foto: Pixabay

Suv o‘tlari va dengiz karami

Mazkur mahsulotlar yodga boy hisoblanadi. Yod esa qalqonsimon bezning faol ishlashi va tireoprop gormonlarini ishlab chiqarishi uchun zarur. Ammo gipertireoz yoki qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan gormonlar me’yoridan ko‘p bo‘lsa, tarkibida yod ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan tiyilish kerak. Bo‘lmasa bez keragidan ortiq darajada faol ishlaydi, bu esa muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Karam

Nafaqat karam, balki boshqa krestgullilar oilasiga kiradigan — brokkoli, gulkaram ham qalqonsimon bez uchun zararli bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, mazkur sabzavotlar tarkibidagi spetsifik moddalar, qalqonsimon bezning yodni qayta ishlashi va uning funksiyasiga ta’sir qiladi. Ammo termik ishlovdan keyin ularni bemalol iste’mol qilsa bo‘ladi.

Sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan smuzi

Smuzi tarkibidagi sabzavot va ko‘katlar qalqonsimon bez funksiyasini sekinlashtiradi. Ular suyuq holga keltirilganida ikki karra zararliroq bo‘ladi. Yaxshisi sabzavot va ko‘katlarni “ichmang”, yeng.

Soya

Soya va undan tayyorlangan mahsulotlar qalqonsimon bez tomonidan ajratilgan gormonlarni organizmga singishiga xalaqit qiladi. Qalqonsimon bez kasalligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, soya iste’mol qilishdan voz keching, tireotrop gormonlar me’yoridan biroz kam bo‘lsa ham uni kamaytirish tavsiya qilinadi.

Glyutin

Seliakiya(glyutinni ko‘tara olmaslik)kasalligi bo‘lmasa, glyutinsiz parhezga o‘tish qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilashi isbotlanmagan. Lekin seliakiyadan aziyat chekkanlarning aksari qismini qalqonsimon bezida muammo bor bemorlar tashkil qiladi.

Shakar

Shakar to‘g‘ridan to‘g‘ri qalqonsimon bezga ta’sir qilmaydi, lekin ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligini rivojlantirishi mumkin. Bunday bemorlarning esa qalqonsimon bezida muammo kuzatiladi. Shu sabab shakarni kam miqdorda iste’mol qilish lozim.

Sun’iy shirin qiladigan qo‘shimchalar

Sun’iy shirin qiladigan qo‘shimchalar ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir qiladi bu esa qalqonsimon bezga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Tuz

Tuz qalqonsimon bez uchun zararli bo‘lmasligi mumkin, qachonki me’yordan oshirib yuborilmasa. Shu sabab natriyni nazorat qilish, iste’mol mahsulotlariga e’tibor berish kerak.

Qayta ishlangan go‘sht

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlariga qo‘shiladigan karragenan va polisorbat 80, autoimmun kasalliklar qalqonsimon bezda muammo, shuningdek, ikkinchi turdagi qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin.

Ba’zi baliq mahsulotlari

Tunets, skumbriya va nayzabaliqlardan voz kechgan yaxshi. Gap shundaki, ushbu baliqlarda, kimyoviy jihatdan yodga o‘xshash bo‘lgan simob miqdori yuqori bo‘ladi. Katta miqdordagi simob nafaqat qalqonsimon bezdan yetarli miqdorda gormon ajralib chiqishiga qarshilik qiladi, balki autoimmun kasalliklari paydo bo‘lish xavfini oshiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.