Salomatlik Salomatlik Insonlar o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan 9 ta kasallik

Insonlar o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan 9 ta kasallik

O'qildi: 317


Insonlar o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan 9 ta kasallik

Inson biror kasallikka chalinmaguncha barcha jiddiy va xavfli kasalliklar faqatgina o‘tmishda qolgan deb o‘ylaydi. Hozirda esa zamonaviy tibbiyot barchasiga davo topishiga umidvor. Afsuski, XXI asrda ham keng tarqalgan kasalliklarga e’tiborsizlik tufayli inson hayoti xavf ostida qolishi, hattoki o‘lim bilan yakun topishi mumkin. Har yili millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladigan 9 ta kasallik haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling va salomatligingiz borasida vaqtida qayg‘uring.

Foto: “Domashniy ochag”

Yurak ishemik kasalligi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurakning ishemik kasalligi dunyo bo‘ylab yuz berayotgan o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. 2016-yil yurak-qon tomir kasalliklari 15,2 million kishining o‘limini tashkil etgan. Bugungi kunda ham erkak va ayollarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Aslida uning oldini olish juda oson bo‘lib, aksariyat hollarda xavfni minimal darajaga tushirish mumkin. Buning uchun to‘g‘ri ovqatlanish, faol hayot tarzini olib borish, stressni boshqarishga harakat qilish, zararli odatlardan voz kechish va yurak-qon tomirlarining holatini shifokor ko‘rigida muntazam ravishda tekshirtirib turish tavsiya etiladi.

Insult

Insult – qon quyuqlashishi hisobiga paydo bo‘lgan tromblar natijasida miyada qon aylanishining buzilishidir. Zudlik bilan o‘limga olib keluvchi insult kasalligi miyaning nafas olishi uchun javobgar qismlarga ta’sir qiladi. Agar bemorning yashashiga umid bo‘lsa, shifokorlarga bir necha soatgina imkoniyat tarzida berilishi mumkin. Sababi insultning oqibatlari juda jiddiy, ya’ni falaj, nutq qobiliyatini yo‘qotish kabi hollar kuzatilishi mumkin. Insult kasalligi ham tobora yosharmoqda. Endilikda yoshlar ham insult kasalligi haqida batafsil ma’lumotlar, uning oldini olish chora-tadbirlariga amal qilishi zarur. Shu bilan birga, spirtli ichimliklardan voz kechish, chekishni tashlash va sog‘lom turmush tarzini olib borishi kerak.

O‘pka kasalligi

O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi o‘limga olib keluvchi asosiy kasalliklar reytingida uchinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu atama amfizem, surunkali bronxit va astma kabi o‘pkaning progressiv kasalliklarini anglatadi. Ularning barchasida umumiy alomatlar quyidagicha: nafas qisilishi, xirillash, tez-tez yo‘talish. Agar kimdir uzoq vaqt mobaynida ushbu alomatlarni sezsa, albatta, shifokorga murojaat qilishi zarur.

Pastki nafas yo‘llari infeksiyasi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatida 4-o‘rinda turadigan pastki nafas yo‘llarining infeksiyalari bir qancha kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Ammo ko‘pincha ular virusli yoki bakterial pnevmoniyani anglatadi. O‘z-o‘zidan jiddiy hisoblangan ushbu kasallik uchun kurashishga barchaning ham kuchi yetmaydi. 2016-yilning o‘zidayoq uch million kishi aynan shu kasallik tufayli vafot etgan, bu yil esa infeksiya tufayli, afsuski, bundan ham ko‘p qurbonlar bo‘lishi mumkin.

Alsgeymer va fikrlash bilan bog‘liq kasalliklar

Alsgeymer va boshqa ruhiy kasalliklar o‘limning bevosita sababchisiga aylanmagan, ammo ular boshqa xavfli holatlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi va natijada inson hayoti sezilarli darajada qisqaradi. Ko‘pincha, kasallik rivojlanib borishi bilan bemor yurmaslik va harakat qilmasligi tufayli qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Ammo ushbu holat bemorlarga pnevmoniya va boshqa nafas yo‘llarining infeksiyalari kabi kasalliklarga moyil qiladi.

Nafas olish yo‘llari saratoni

Traxeya, bronx va o‘pkaning saraton kasalligi eng xavfli kasallikning oltinchisi bo‘ldi. Garchi chekish ushbu kasallikning asosiy sababi bo‘lsa-da, umrida tamaki tutatmagan insonlarda ham xavf darajasi yuqori. Nafas olish saratonining aksariyat turlari umumiy alomatlarga ega: yo‘tal, xirillash va nafas qisilishi. Agar ushbu alomatlarning eng kamida bittasi ham kuzatilsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qandli diabet

Murakkabligi tufayli o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yana bir kasallik. Ushbu qandli diabetning birinchi toifasida kasallik rivojlanadi. Ikkinchi toifadagi bemorlar suvsizlanish, miya shishi va boshqalarni keltirib chiqaradi. Inson o‘zi yoki yaqinlari kasallanganlar bo‘lsa, bemorlarga qonda shakar miqdorini ko‘paymasligi uchun muntazam ravishda shifokorga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Diareya kasalliklari

Rotavirus – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmi aynan shu kasallik bilan shifoxonaga olib kelinadi. Rotavirusning eng katta xavfi suvsizlantirish bo‘lib, u juda tez rivojlanadi va o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Sil kasalligi

Afsuski, sil uzoq vaqtdan beri ayrim ijtimoiy guruhlarning kasalligi bo‘lib qolmoqda, shifokorlar ushbu bakterial kasallikning haqiqiy epidemiyasi borasida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘pkaga ortiqcha yuk haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Garchi o‘pkada hech qanday alomatlar bo‘lmasa ham yilda bir marotaba flyuorografiya qilish tavsiya etiladi, yo‘tal yoki boshqa bir kichik alomatlar shifokor bilan maslahatlashiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.