Salomatlik Salomatlik Issiq hammom, karaoke va shopping: parhez hamda jismoniy mashqlarsiz vazn yo‘qotishning 6 usuli

Issiq hammom, karaoke va shopping: parhez hamda jismoniy mashqlarsiz vazn yo‘qotishning 6 usuli

O'qildi: 313


Issiq hammom, karaoke va shopping: parhez hamda jismoniy mashqlarsiz vazn yo‘qotishning 6 usuli

Salomatlikni saqlab qolish uchun muntazam ravishda mashq qilish kerak: taxminan haftasiga kamida bir yarim soat. Ammo vazn yo‘qotish uchun faollik yanada ko‘proq talab etiladi. Jismoniy mashqlar esa juda zerikarli. Shuningdek, kaloriyalarni osonroq, yoqimli va qiziqarli tarzda sarflashning boshqa usullari ham mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Issiq hammom

Yarim soat issiq hammom qabul qilish davomida 130 kaloriya sarflanadi – bu yarim soatlik yurish bilan bir xil. Bundan tashqari, issiq hammom stressni yengillashtirishga, uyquni yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, jarayondan keyin mushaklar bo‘shashadi.

Ofis kreslosi o‘rniga fitbol koptogi

O‘troq turmush tarzi dahshatli. Bu birinchi navbatda qomatga ta’sir qiladi va sog‘liqqa putur yetkazadi. Agar ish o‘tirgan holatda ko‘p vaqt sarflashni talab qilsa, odatdagi ofis stulini fitbol to‘pi bilan almashtirish lozim. Bu bilan nafaqat sog‘liqni saqlash, balki kuniga qo‘shimcha 300 kaloriya sarflash ham mumkin.

Tozalash

Sport zalidagi shug‘ullanishni muntazam tozalash bilan almashtirish mumkin: changlarni artish, changyutgichdan foydalanish, pollarni tozalash uchun kamida 200 kaloriya kerak bo‘ladi.

Raqs

Ortiqcha kilogrammdan qutulishning eng yoqimli usuli – bu raqs. Haftasiga bir marta raqsga tushib, 200 dan 500 gacha kaloriya sarflash mumkin!

Xarid qilish

Haqiqatan ham 45 daqiqalik xarid chog‘ida 100 kaloriya sarflanadi. Agar bir vaqtning o‘zida yangi kiyimlar muntazam ravishda sotib olinsa, vazn ortishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi.

Garderobni ko‘zdan kechirish

Bahor – garderobni saralash uchun ajoyib vaqt. Aytgancha, bitta kiyimni kiyib ko‘rish davomida organizm 15 kaloriya sarflaydi! Garderobdagi barcha kiyimlarni kiyib ko‘rishning o‘zi ham ozishga yordam beradi.

Massaj

Yo‘q, bu albatta, ozish yoki qomatni korreksiyalovchi massaj emas. Oddiy, charchoqlarni bartaraf etuvchi massaj ham kaloriya sarflanishiga olib keladi. Demak, bu ham ikki tomonlama foydali ekan.

Karaoke

Ozish jarayonini zavq bilan birlashtirishning yana bir usuli – karaokeda qo‘shiq kuylash. Bundan tashqari, qo‘shiqlar qanchalik yoqimli bo‘lsa, shuncha yaxshi: bir soat qo‘shiq kuylash 140 kaloriya sarflashga yordam beradi va har yigirma daqiqada kulish esa yana 70 kaloriyadan xalos etadi.

Mavzuga doir:

  • Ko‘zni tekshirtirish va kichikroq likopcha sotib olish: Yarim yildan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar
  • Vazn tashlashga jiddiy qaror qilganlar voz kechishi kerak bo‘lgan 7 ta zararli odat
  • Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
  • Salat bilan cheklanmang: ayollar har kuni iste’mol qilishi kerak bo‘lgan yuqori kaloriyali taomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.