Qishda immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan probiotiklarga boy mahsulotlar
Immunitetni mustahkamlanishi uchun iste’mol mahsulotlariga e’tibor qilish va ular tarkibida probiotiklar miqdori qancha ekani haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Foto: Times of IndiaYogurt
Inson organizmi uchun patogen bo‘lmagan tirik bakteriya — probiotiklar ichaklar mikroflorasi salomatligini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi. Yogurt, ayniqsa, qishda organizm uchun muhim bo‘lgan probiotiklarga boy sanaladi. Kundalik ratsion uchun uning qo‘shimchalar qo‘shilmaganini tanlash va har kuni nonushtani ushbu mahsulot bilan qilish tavsiya qilinadi.
Tuzlangan karam
Probiotiklarga boy bo‘lishdan tashqari, tuzlangan karam C, B, K vitaminlari shuningdek natriy, temirni ham o‘z ichiga oladi. Faqat mahsulot pasterizatsiya qilinmasligi kerak.
Pishloqlar
Hamma pishloqlar ham probiotiklarning manbayi bo‘lavermaydi. Gauda, chedder va motsarella hamda oddiy tvorog probiotiklarga boy bo‘ladi. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun tvorogni o‘zingiz tayyorlashga harakat qiling.
Miso
Yapon oshxonasiga xos bo‘lgan miso pastasi tirik bakteriyalar koni. Uni haftada bir-ikki marotaba iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Miso mineral va mikroelementlarni ichiga olgani bilan ham foydali.
Tempe
Indoneziyada mashhur sanalgan soya dukkagidan olinadigan mahsulotni organik do‘konlardan xarid qilish mumkin. Dukkakdan tayyorlanadigan tempega Rhizopus oligosporus qo‘shiladi. Bugungi kunda tempeni vegetarianlar oqsil miqdori yuqori bo‘lgan, go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot sifatida iste’mol qiladi. Tempedan salat tayyorlab, uni kechki ovqatga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Manba