Bolalarda saraton kasalligi: har bir ota-ona bilishi kerak bo‘lgan 8 ta fakt
Bolalarda onkologik kasalliklarning tarqalishi har yuz ming kishiga 14-15 holatni tashkil qiladi. Quyida bolalarda saratonning birinchi belgilari, xavf omillari va davolash haqida eng muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Har yili dunyo bo‘ylab 300 ming bola saraton kasalligiga chalinadi. Hech bir ota-ona o‘z farzandiga nisbatan bu tashxisni eshitishga tayyor emas, lekin bilish kerak bo‘lgan ba’zi faktlar mavjud, kech bo‘lmasidan kasallikning dastlabki belgilarini o‘tkazib yubormaslik uchun.
Saraton butun dunyo bo‘ylab bolalar o‘limining asosiy sabablaridan biridir
Butun dunyoda bolalar saratonining tarqalishi taxminan bir xil: har 100 000 bola va o‘smirga 14-15 holat. Turmush darajasi yuqori bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda aksariyat hollarda davolanish muvaffaqiyatli bo‘lishiga qaramay, saraton hali ham butun dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘limining asosiy sababidir.
Rivojlangan mamlakatlarda bolalar saratonini davolash 80 foizi muvaffaqiyatli kechadi
Bolalar va o‘smirlarda saraton kasalligini davolashda muvaffaqiyat ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. Masalan, iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 80 foizgacha davolash holatlari muvaffaqiyatli bo‘ladi. Shu bilan birga, past yoki o‘rta daromadli mamlakatlarda terapiya faqatgina 20 foiz hollarda yordam beradi.
Bolalarda xavfli o‘smalarning har xil turlari mavjud
Bolalarda eng ko‘p uchraydigan saraton turlari leykemiya, miya shishi, limfomalar, neyroblastoma va nefroblastomadir. Umuman olganda, bolalar onkologiyasida xavfli o‘smalarning o‘nga yaqin shakli mavjud.
Olimlar haligacha bolalar saratonining asosiy sabablarini bilishmaydi
Bolalardagi saraton kasalliklarining aksariyatida ma’lum sabab yo‘q. Qoida tariqasida, xavfli o‘smalarning rivojlanishi genetik sabablarga bog‘liq. Ba’zi hollarda kasallik ayrim yuqumli kasalliklar yoki atrof-muhit sharoitlari tufayli qo‘zg‘alishi mumkin.
Bolalar saratonining oldini olishning imkoni yo‘qAfsuski, bolalar va o‘smirlarda saraton kasalligining oldini olishning tadqiqot usullari mavjud emas.
Bolalardagi saraton kasalligini erta aniqlash ilojsiz
Bolalar va o‘smirlarda saraton kasalligining yana bir xavfi shundaki, erta skrining yordamida xavfli o‘smalarni aniqlab bo‘lmaydi. Shu sababli, ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘iga juda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ayniqsa oilada saraton kasalligiga chalinganlar bo‘lsa, xavfli kasallikning dastlabki belgilaridan xabardor bo‘lishi muhim.
Ko‘pgina bolalarda saraton kasalligini davolash mumkin
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bolalar va o‘smirlardagi saraton kasalliklarining 80 foizigacha dori vositalari, jarrohlik va boshqa terapiya turlari bilan davolash mumkin. Biroq kasallikni imkon qadar erta aniqlash juda muhimdir.
Ko‘pincha bolalarda saratonning umumiy belgilari mavjud
Bolalardagi saratonning har bir turi o‘ziga xos belgilar bilan birga bo‘lishiga qaramay, rivojlanayotgan o‘smani erta bosqichda aniqlashga imkon beruvchi bir qator umumiy belgilar mavjud:
- umumiy holatning yomonlashishi, terining rangsizligi, intoksikatsiya belgilari;
- vazn kamayishi, ishtahaning yo‘qolishi;
- injiqlik va yig‘loqilik;
- tez sababsiz charchash;
- tana haroratining nazoratsiz ko‘tarilishi;
- uyqusizlik va dahshatli tushlar;
- qo‘rquv, odamlardan ajralish, odamovilik.
Mavzuga doir:
- Bolalarda kariyesni qanday davolash mumkin va uning oldini olish uchun nima qilish kerak?
- Bolalarda uchraydigan raxit kasalligi alomatlari, asoratlari va profilaktika choralari
- Bilib qo‘ygan yaxshi: adenoid kasalligi alomatlari, asoratlari va davolash choralari
Manba