Salomatlik Salomatlik Har kuni nonushtaga suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Har kuni nonushtaga suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

O'qildi: 432


Har kuni nonushtaga suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Salomatlik uchun muhim hisoblanadigan va parhez boshlaganlar ratsionidan asosiy o‘rin olgan suli yormasini iste’mol qilib ham, ozishda kutilgan natijaga erishmaslik mumkin. Chunki uni shunchaki emas, qanday yeyish muhim. To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Alisa Shabbanova foydalilik xususiyatlarini yo‘qotmasligi va organizmga maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun suli yormasini qanday iste’mol qilish haqida ma’lumot beradi.

Foto: Elle

Suli yormasining hammasi ham foydali bo‘lavermaydi. Butun donli yorma suv va sutda pishirilsagina, foydali bo‘ladi. Boshqa tez tayyorlanadigan alternativlar esa shakar, ta’m kuchaytirgich va qo‘shimchalarga ega bo‘lib, organizm uchun zararli hisoblanadi.

Qolaversa, istalgan bo‘tqani iste’mol qilib ozish mumkin, degan tushuncha ham noto‘g‘ri. Chunki ozish uchun bo‘tqa butun donli yormadan tayyorlangan bo‘lishi va sut, shakar, qaymoqsiz suvda pishishi kerak. Shuningdek, parhezshunoslar bo‘tqani trenirovka bilan shug‘ullanadigan kunlarda iste’mol qilishni tavsiya qiladi — murakkab uglevodlar jismoniy faollik bilan tezroq so‘riladi.

Qolaversa, qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, suvda pishgan suli yormali bo‘tqa foydali nonushta hisoblanmaydi. Gap shundaki, uning tarkibida organizmga, ayniqsa, uyg‘ongandan keyin kerak bo‘ladigan oqsillar kam miqdorda bo‘ladi. Shuning uchun ham undan tayyorlangan bo‘tqani yo ikkinchi nonushtaga iste’mol qilish yoki oqsilga boy — omlet, “sirnik”, tvorog va pishloq bilan qo‘shib yeyish kerak.

Suli yormasini, ayniqsa, hazm a’zolarining o‘tkir kasalliklari bezovta qiladigan kishilar iste’mol qilishi tavsiya qilinadi. U ichaklarni tozalaydi, organizmni shlaklardan xalos etadi.

Tarkibida kletchatka ko‘p ekani sabab suli yormasi nafaqat ichaklar faoliyatini me’yorlashtiradi, balki qondagi qand va xolesterin miqdorini ham kamaytiradi. U magniy, kaliy, kaltsiy, fosfor va rux kabi foydali moddalarning koni sanaladi. Ushbu moddalar suyaklar va mushak to‘qimalarining shakllanishi va rivojlanishida ahamiyatli ekani sabab ham shifokorlar tomonidan bolalarga suli yormasidan bo‘tqa tayyorlab berish maslahat beriladi.

Nonushta ham foydali, ham mazali chiqishi uchun xarid vaqtida ushbu mahsulotni tanlashni bilish kerak. Do‘konda asosan uch xili bo‘ladi. Birinchisi — uzoq qaynatib pishirish kerak bo‘lgan yorma, vitamin, mineral va kletchatkalar tarkibida yuqori ekani sabab ham mutaxassislar tomonidan aynan shunisi tavsiya qilinadi. Yormalar yirik bo‘lgani sabab uni 30 daqiqa davomida pishirish kerak. Ikkinchisi — butun yorma, unga termik ishlov berilmasdan presslangani sabab foydali xususiyatlarini yo‘qotmagan bo‘ladi. Bunday yormaning ustiga qaynagan suv quyib, 10-15 daqiqa pishirsa bo‘ladi. Uchinchisi esa dimlab pishiriladigani sanaladi va uni issiq suv yoki sutga solib dimlashning o‘zi kifoya qiladi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bo‘tqani mazali va foydali tayyorlash uchun yuqoridagilarning hammasini aralashtirib pishirish kerak.

Dimlanadigan yorma bo‘tqa asosini tashkil qiladi, yirigi ezilib ketmaydi, qayta ishlanmagani esa kletchatkalarga boy ekani bilan foydaliligini ta’minlaydi. Bo‘tqani 2:2:1 nisbatda tayyorlash mumkin.

Tayyorlash davomida sutning yog‘sizidan foydalaning. Suvda pishirilganda unga yong‘oq qo‘shib, sut o‘rniga kokos yoki bodom sutini ishlatishingiz mumkin.

Shakar o‘rniga ham mazali, ham organizmga zarar bermaydigan meva va quritilgan meva qo‘shing.

Mevalar yormalardan farqli ravishda termik ishlov berilganda foydalilik xususiyatini yo‘qotadigan ko‘plab vitaminlarga boy sanaladi va shu bois ham ularni bo‘tqaga qo‘shib qaynatmaslik, aksincha pishganidan keyin uning ustiga barra holida kesib, 5 daqiqaga qoldirish kerak. Shuningdek, tayyor bo‘tqani rezavorlar bilan ham bezash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.