Salomatlik Salomatlik Oq non, popkorn, shirinlik. 30 yoshdan keyin tiyilish tavsiya qilinadigan 7 mahsulot

Oq non, popkorn, shirinlik. 30 yoshdan keyin tiyilish tavsiya qilinadigan 7 mahsulot

O'qildi: 309


Oq non, popkorn, shirinlik. 30 yoshdan keyin tiyilish tavsiya qilinadigan 7 mahsulot

Zararli mahsulot istalgan yoshda ham zararli hisoblanadi. Lekin 30 yoshdan keyin organizmda moddalar almashinuvi sekinlashgani sabab iste’mol mahsulotlari va ularning sifatiga e’tiborli bo‘lish kerak. Yoshlik va salomatligingizni saqlash uchun iste’mol qilishdan tiyilish tavsiya qilinadigan mahsulotlar qaysilar ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Broadsheet

Yogurt

Boshqa sutli mahsulotlari singari yogurt ham salomatlik uchun foydali ekani to‘g‘ri. Lekin bir porsiya mevali yogurtda kundalik iste’mol qilish uchun me’yor hisoblangandan ortiq, ya’ni 77 gramm shakar bo‘ladi.

Soya

Ko‘pchilik soyani go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot deb hisoblaydi. Oqsilga boy ekani jihatidan shunday ekani rost, lekin qolgan jihatdan unday emas. Soyani muntazam iste’mol qilish organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini rivojlantirib yuborishi va qalqonsimon bez faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, soya tarkibida fitoestrogen ham bo‘ladi. Sizda gormonlar bilan muammo bo‘lmagan taqdirda ham ushbu mahsulotni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lgan yaxshi.

Oq non

Yuqori navli undan tayyorlangan nonda qand miqdori oshishi va vazn ortishiga sabab bo‘ladigan, tez singadigan uglevodlar bo‘ladi.

Qadoqlangan sharbat

Mazkur sharbatni tayyorlash uchun mevalar siqilganidan keyin qo‘shimcha issiq ishlov — pasterizatsiya qilinadi. Bunda esa mevalardagi katta miqdordagi vitamin va minerallar yo‘q bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar tayyor mahsulotga juda ham katta miqdorda shakar qo‘shadi, buning oqibatida esa saqlanib qolgan foydalilik xususiyati ham kamayadi.

Shirinliklar

30 yoshdan keyin shirinlik iste’mol qilishdan tiyilish kerak, juda ham yegingiz kelsa o‘z qo‘lingiz bilan tabiiy mahsulotlardan tayyorlang. Do‘kon peshtaxtalaridagi shirinliklar bir necha kun davomida turishi va mazasi o‘zgarmasligi uchun qayta ishlab tayyorlangan sun’iy yog‘, konservantlar, tasavvur qilib bo‘lmas darajada katta miqdorda shakar qo‘shiladi.

Mikroto‘lqinli pechda tayyorlanadigan popkorn

Mikroto‘lqinli pechda tayyorlanadigan paketli popkorn vaqtingizni olmasligi mumkin, ammo undagi transyog‘lar organizm uchun zarar. Mazkur moddalar bosh miya hujayralari uchun zararli hisoblanadi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi, shuningdek, saraton rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin.

Fermer xo‘jaligining baliq mahsulotlari

Do‘konlardagi baliqlarning 70 foizi sun’iy yo‘l bilan yetishtiriladi. Agar uni yetishtiradigan fermer xo‘jaligi, sifati nazorat qilinadigan yirik baliq yetishtiradigan ferma bo‘lmasa, baliqning salomatlikka zarar yetkazish xavfi yuqori. Aksariyat baliq yetishtirish xo‘jaliklarida baliqlarni kattalashtirish va boqish uchun antibiotik hamda sifatsiz bo‘lgan ozuqa beriladi. Ba’zi fermerlar esa ko‘rinishi xaridorbop bo‘lishi uchun bo‘yoqlardan ham foydalanishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.