Qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi 8 ta xavf
Insonning salomatligi, go‘zalligi va hattoki quvvati qalqonsimon bezning yaxshi ishlashiga bog‘liq. Buning uchun uni eng keng tarqalgan xavf-xatardan himoya qilish kerak.
Foto: “Clutch”Qalqonsimon bez – bo‘yinda joylashgan kichik “kapalak” misoli. U tanadagi deyarli barcha muhim jarayonlarni boshqaradi. O‘z vazifasini qay darajada uddalay olayotganini esa organizmning salomatligi va quvvatiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Afsuski, qalqonsimon bezning ish faoliyati juda oson buzilishi mumkin. Masalan, turli xil zararli odatlar ta’sirida. Shuning uchun ham qalqonsimon bezga e’tiborliroq bo‘lish va xavf tug‘diruvchi odatlardan saqlanishga harakat qilish lozim.
Stress
Kortizol stress gormoni salomatlikning dushmani hisoblanadi. Muntazam stress boshdan kechiriladigan bo‘lsa, bu, albatta, xavfli – vahima yoki xotira buzilishi rivojlanishi mumkin. Qolaversa, doimiy ravishda stressga duchor bo‘lish qand kasali xavfini oshirishi ham tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun uning nazoratini kuchaytirish va iloji boricha stressga tushiruvchi holatlardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etiladi.
Yog‘ yetishmasligi
Sog‘lom to‘yinmagan yog‘lar tana uchun juda foydali va u har bir insonning ratsionida bo‘lishi lozim. Aks holda, qalqonsimon bez va miya o‘z faoliyati uchun yetarlicha kuch ololmaydi va natijada salomatlik xavf ostida qoladi. Buning uchun yog‘li baliq, yong‘oq, avakado, zaytun moyi, sut mahsulotlari – bularning barchasi doimiy ravishda iste’mol qilinishi kerak.
Soya
Soya ham foydali mahsulot hisoblanadi, faqatgina me’yorida iste’mol qilish kerak. Ammo parhez davomida ushbu mahsulotni asosiy mahsulotga aylantirish natijasida qalqonsimon bez gormonlarni yetarli darajada ishlab chiqishiga to‘siq bo‘ladigan gipotireozni rivojlantirish mumkin. Sababi soya qalqonsimon bezning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan yodni tanaga singdirishga imkon bermaydigan tabiiy sekinlashtiruvchi sanaladi. Shuning uchun uni ortiqcha qabul qilmaslik tavsiya etiladi.
Karam
Karam, turp, sholg‘om – juda foydali sabzavotlar, shuningdek, surunkali yetishmaydigan vitaminga boy. Ammo ushbu mahsulotlar ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, ayniqsa, xomligida, sog‘liq uchun zarar keltirishi mumkin. Sababi hammasi ularda me’yoridan ko‘p bo‘lgan glyukozinolatlarga tegishli, ular organizmda boshqa kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chekish
Tamaki mahsuloti qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va gipertireoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tamaki tutunida joylashgan toksin moddalar yodning normal singishiga xalaqit beradi, bu ham oxir-oqibat qalqonsimon bezning kasallanishiga olib keladi.
“Yengil” uglevodlar
Glisemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ovqatlar – shirinlik, xamirli taom, karam mahsuloti va tez pishar guruch – bular organizm yodni qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Aynan yod elementining yetishmasligi esa qalqonsimon bez holatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va turli xil kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun yengil uglevodlardan voz kechish orqali salomatlikni ham, vaznni ham saqlashga harakat qilish kerak.
Don mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan oqsil modda(glyuten)
Bir necha tadqiqotlar allaqachon “Xashimoto”(Xashimoto − bu qalqonsimon bezga ta’sir qiluvchi autoimmun kasallik. Kasallik qalqonsimon bezning to‘qimasini yo‘q qiladigan surunkali yallig‘lanish jarayonining rivojlanishidan iborat. Xashimoto kasalligi qalqonsimon to‘qimalarning 80 foizini yo‘q qilishi mumkin)kasalligining qalqonsimon bez bilan bog‘liqligini tasdiqladi. Shuningdek, xuddi shu tadqiqotlar glyutensiz parhezga o‘tgan bemorlarning yaxshilanganligini ham isbotladi. Shifokorlar hozircha glyutenni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlaridan butunlay voz kechishni tavsiya etmasa-da, uning miqdorini pasaytirish orqali tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini kuzatish mumkin.
Baliqning ayrim turlari
Tunes, skumbriya, nayza-baliqlarni iste’mol qilmaslik sog‘liq uchun yanada yaxshiroqdir. Sababi ushbu baliq turlari tarkibida simob moddasi yuqori darajada bo‘lib, kimyoviy jihatdan yodga o‘xshash. U esa qalqonsimon bez tomonidan faol so‘rilib, tanada uzoq vaqtgacha to‘planadi. Yuqori darajadagi simob nafaqat qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi, balki Xashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi.
Manba