Salomatlik Salomatlik Magniy tanqisligi: koronavirus xavfini oshiruvchi 7 belgi

Magniy tanqisligi: koronavirus xavfini oshiruvchi 7 belgi

O'qildi: 247


Magniy tanqisligi: koronavirus xavfini oshiruvchi 7 belgi

Organizmda magniy yetishmovchiligi koronavirus kasalligi xavfini oshirishi mumkin. Italiya va Fransiya mutaxassislarining ta’kidlashicha, magniy tanqisligi tufayli COVID-19 qon ivishini kuchaytiradi, infarkt va insult xavfini oshiradi, shuningdek, qon tomirlarining ichki devorlariga zarar yetkazadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Magniy va koronavirusni nima bog‘laydi?

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, koronavirus va magniy yetishmovchiligi birdek tana hujayralariga ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, magniy modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Magniy tanqisligi tufayli kalsiy miqdori oshib, natijada muvozanat buziladi. Bundan esa miya hujayralari, asab tolalari, jigar va qon tomirlar zarar ko‘radi.

Koronavirus kasalligidan tuzalgan bemor hujayralarida ham kalsiy miqdori oshib, bu jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Garchi yuqumli kasallikka chalinmagan holatda ham inson tanasidagi magniy miqdori qay darajada ekanligini tekshirib turishi kerak. Quyida esa magniy yetishmasligidan darak beruvchi alomatlar haqida bilib olish mumkin.

Shirinlikka moyillik

Og‘ir mashg‘ulot yoki hayz ko‘rishdan avval shokolad iste’mol qilish istagi paydo bo‘lsa, bundan hollarda magniy miqdori keskin pasayadi. Ammo doimo shirinlik iste’mol qilishni yaxshi ko‘rish esa tanada magniy ozligidan darak beruvchi alomatdir.

Mushaklardagi og‘riq

Mushaklardagi og‘riq magniy yetishmovchiligida eng ko‘p uchraydigan alomatdir. Tomir tortishishi, og‘riq qanchalar tez takrorlansa, modda yetishmovchiligi ham shuncha jiddiy bo‘lishi mumkin.

Uyqusizlik

Magniyning asosiy vazifalaridan biri − miya dam olishiga yordam beradi. Agar ushbu element yetarli bo‘lmasa, inson zo‘riqadi, stressni yengolmay, uyqusizlikka uchraydi. Shuningdek, ko‘pincha bunday vaziyatda oyoq notinchligi sindromi yuzaga keladi, bu ayniqsa, uyquga ketish arafasida kuzatiladi.

Jig‘ildon qaynashi

Magniy ovqat hazm qilishga ham yordam beradi. Agar u organizmda yetarlicha bo‘lmasa, hazm qilinishi kerak bo‘lgan ovqat qizilo‘ngachga qaytadi va jig‘ildon qaynashi kuzatiladi. Jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadiganlar dastlab magniy miqdorini tekshiruvdan o‘tkazishi kerak.

Loqaydlik yoki tajanglik

Magniy asab tizimining me’yorida ishlashi uchun juda muhimdir. Ammo yetarli bo‘lmasa, stress, asabiylashish yoki aksincha befarqlik holati paydo bo‘ladi.

Qabziyat

Moddaning yana bir vazifasi ovqat hazm qilish traktiga ham tegishli. Albatta, qabziyat uchun juda ko‘p sabablar bo‘lishi mumkin. Ammo yuqoridagi belgilar ham birgalikda kuzatilsa demak, organizm magniyga muhtoj.

Migren

Magniy tanqisligi tufayli qon tomirlari juda tez kengayadi yoki torayadi. Bu esa bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Aslida migren shifokor tomonidan doimiy kuzatuvni talab etadigan xavfli kasallik, ammo og‘riq yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, magniy miqdorini tekshirtirish zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.