Salomatlik Salomatlik Amerikalik shifokor koronavirusdan vafot etayotgan bemor ko‘ziga so‘nggi daqiqalarda nimalar ko‘rinishi haqidagi video bilan bo‘lishdi

Amerikalik shifokor koronavirusdan vafot etayotgan bemor ko‘ziga so‘nggi daqiqalarda nimalar ko‘rinishi haqidagi video bilan bo‘lishdi

O'qildi: 332


Amerikalik shifokor koronavirusdan vafot etayotgan bemor ko‘ziga so‘nggi daqiqalarda nimalar ko‘rinishi haqidagi video bilan bo‘lishdi

Sent-Luisda joylashgan Vashington universitetining tibbiyot markazi shifokori Twitter sahifasiga, COVID-19 oqibatida vafot etayotgan bemorlar hayotining so‘nggi daqiqalarida nimani ko‘rishi muhrlangan video joyladi. 100 mingtadan ko‘p tomosha qilingan videoga minglab layk bosilgan.

Foto: Live 24.ru

Himoya vositalariga amal qilgan holda kiyingan Kennet Remi kishini xavotirga soladigan murojaatida koronavirusdan vafot etayotgan bemor o‘limidan avval faqatgina shifokorning yuzi va tibbiy anjomlarni ko‘rishini aytib o‘tgan.

https://twitter.com/DrKenRemy1/status/1330125769461424128

Uning aytishicha bunday bemor daqiqasiga 40 marta chastota bilan nafas oladi, qonning kislorodga to‘yinganlik darajasi 80 foizdan pastga tushib ketadi. Jamoat joylarida niqob taqib yurmaslik, ijtimoiy masofaga amal qilmaslik va qo‘llarni doimiy ravishda yuvmaslik oqibati shunday yakun topishi mumkinligi haqida gapirgan shifokor odamlarni uning so‘zlarini jiddiy qabul qilish va befarq bo‘lmaslikka chaqirgan.

“Men sizning qo‘rquvli nigohlaringizga qaragan oxirgi inson bo‘lishni xohlamayman”, — deb yozib qoldirgan Remi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.