Salomatlik Salomatlik “Baxt eliksiri” — qahvaning foydali xususiyatlari nimada?

“Baxt eliksiri” — qahvaning foydali xususiyatlari nimada?

O'qildi: 275


“Baxt eliksiri” — qahvaning foydali xususiyatlari nimada?

Qahva katta-yu kichikning sevimli ichimligi hisoblanadi. Tetiklashtirish xususiyati va seratoninga ega ekani bilan band grafikka ega kishilar, stress va zo‘riqishda ishlaydiganlarning kuniga yaraydi. Ushbu ichimlikning foydali va zararli ekanligi borasida turli fikrlar mavjud. Factinteres nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra esa ushbu ichimlikni iste’mol qilganda organizmda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

“Baxt eliksiri” — qahvaning foydali xususiyatlari nimada?

Freepik

Metabolizm yaxshilanadi

Bir finjon qahva metabolizmning yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Endigina sport bilan shug‘ullanishni boshlaganlar uchun ayni muddao bo‘lgan tavsiya: siz qahva iste’mol qilib nafaqat jismoniy mashqlardan avval tetiklashib olasiz, chidamlilikni oshirasiz, balki organizmda metabolizm yaxshilanishiga sababchi bo‘lasiz.

Miya sekin qariydi

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, kuniga ikki finjondan to‘rt finjongacha qahva ichish miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida miya qarishi sekinlashadi. Bu esa Alsgeymer kasalligining rivojlanish ehtimolining 67 foizga kamayishiga sabab bo‘ladi.

Baxtli va quvonchli daqiqalar ko‘pdek tuyiladi

Garvard universiteti olimlarining aniqlashicha, har kuni qahva iste’mol qilish kishi o‘zini yaxshi his qilishi, kayfiyati ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir qiladi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, har kuni bir necha finjon qahva ichgan kishilar, boshqalarga nisbatan ikki marta kam depressiyaga xos emotsiyalarni tuygan. Bunga qahva tarkibida meva va sabzavotlardan ham ko‘proq antioksidantlar borligi sabab bo‘ladi.

Qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Garvard universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tadqiqotda har kuni bir finjon qahva ichilsa, qandli diabetga chalinish xavfi 11 foizga kamayishi aniqlangan.

Teri saratonining rivojlanish xavfi kamayadi

Tarkibida antioksidant va fitokimyoviy elementlarning yetarli darajada ko‘p bo‘lgani sabab ham har kuni 3 finjon qahva iste’mol qilinsa, teri saratoniga chalinish xavfi 20 foizga kam bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.