Uyqu yaxshilanadi, vazn ortmaydi: Kechasi qorin ochganda iste’mol qilsa bo‘ladigan mahsulotlar
Tunda tanovul qilish tashqi ko‘rinish va uyqu uchun zararli degan tushuncha bor va bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri. Chunki uyqudan avvalgi og‘ir taom yoki yeguliklar moddalar almashinuvini yomonlashtirishi, oshqozonni ishdan chiqarishi, shuningdek, organizmni dam olmasdan zo‘riqib ishlashiga olib kelishi mumkin. Aslida esa qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkinligini bilsa, qorin ochganida borib muzlatkichni titkilashning yomon tarafi yo‘q.
Foto: Full Plate LivingBanan
Banan mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradigan kaliy va magniy, shuningdek, tez uyquga ketish uchun samarali hisoblangan aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. Ammo ushbu mevaning kaloriyaga boy ekanini hisobga olgan holda iste’mol qilishda me’yorga amal qilish, 100 grammdan ko‘p yemaslik kerak.
Yogurt
Turli qo‘shimchalar qo‘shilmagan tabiiy yogurt iste’moli kishining qomati va uyqusiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U oqsil va probiotiklarga boy bo‘ladi, shakar esa aksincha kam bo‘ladi. Oqsillar uzoq vaqt to‘q tutadi, probiotiklar esa oshqozon faoliyati hamda uyqu yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi.
Olcha Tadqiqotlarda aniqlanishicha, olcha uyqu gormoni – melatonin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va shu sabab ham uning iste’molidan keyin inson tiniqib uxlaydi. Bundan tashqari, ushbu meva yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega bo‘libgina qolmay, yurak kasalliklari va artritning oldini oladi. Bir porsiya olcha(yoki olchali sharbat)140 kkal bo‘ladi va uni tunda iste’mol qilish organizmga hech qanday zarar ko‘rsatmaydi.
Kivi
Ikki dona kivida 93 kkal, 5 gramm kletchatka va sutkalik me’yor hisoblangan 190 foiz C vitamini bo‘ladi. Qolaversa, ushbu mazali meva kishining tinchlanishi va o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shadigan hamda uglevodlarga bo‘lgan moyillikni kamaytiradigan seratoninning koni hisoblanadi.
Xandon pista
Xandon pista boshqalardan melatoninga boy ekani bilan ajralib turadi. Uning 28 grammida 6,5 gramm melatonin bo‘ladi. Taqqoslash uchun: uxlashning oson bo‘lishi uchun odatda 0,5-5 mg tavsiya qilinadi. Shuningdek 28 grammi 160 kkal bo‘ladi.
Oqsilli kokteyl
Oqsil tunda mushaklar tiklanishiga yordam beradi. Mazali va foydali kokteyl tayyorlash uchun 240 ml yog‘siz sutga ananas yoki boshqa foydali mevalar qo‘shish kerak. Sutda tez va tiniqib uxlashga yordam beradigan triptofan va melatonin mo‘l bo‘ladi.
To‘liq donli undan tayyorlangan kreker va pishloq
Ushbu mazali yegulikni ozishni istayotganlar ham tunda iste’mol qilishi mumkin. Oqsil va uglevodlarga boy ekani, shuningdek, qondagi qand miqdorini me’yorlashtirishi bilan ayni muddao sanaladi. Uglevodlarga boy krekerlar pishloq tarkibidagi treptofanni miyaga yaxshilab kirib borishiga yordam beradi. 4 dona kreker va 1 bo‘lak pishloqdan iborat porsiya 150 kkal bo‘ladi.
Manba