Salomatlik Salomatlik Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi

Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi

O'qildi: 296


Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi

Qalin va porloq sochlarni saqlab qolish uchun qanchalar qimmatli mahsulotlardan foydalanmang, ular to‘kilishda davom etadi. Muammoni bartaraf etish uchun uning asl sababini topish kerak. Bu haqda Instyle navbatdagi foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Domashniy ochag”

Gormonal muvozanat

Bu, ehtimol, tana zararlanishining eng keng tarqalgan sababi bo‘lishi mumkin. Reaksiyalar teri muammolaridan tortib vaznning keskin o‘zgarishiga ham olib keladi. Shuningdek, sochlarning to‘kilishi ham shu bilan bog‘liq. Androgen gormonlarining ko‘pligi sochlarda quruqlik, mo‘rtlikni keltirib chiqaradi. Shifokor ko‘rigidan o‘tish va buyurilgan muolaja muammoni osonlikcha yechishga yordam beradi.

Stress

Bu ertak emas, ortiqcha stress nafaqat tuyg‘ularga, balki tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Aynan stress ham organizmda androgen moddalarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, asab tarangligi tufayli uyquning buzilishi va ovqatlanish rejimi buziladi. Bu esa sochlar salomatligiga putur yetkazadi va to‘kilishiga olib keladi.

Temir moddasi tanqisligi

Boshqacha qilib aytganda, bu anemiya. Soch tuxumdonlarini oziqlantiruvchi va o‘sishini ta’minlaydigan oqsilni ishlab chiqarish uchun temir moddasi mas’uldir. Shuning uchun achchiq shokolad, jigar, yasmiq va ismaloq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar

Qalqonsimon bez oqsil va kislorod ishlab chiqarilishini nazorat qilish orqali modda almashinuvi uchun javobgardir. Shuning uchun qalqonsimon bez bilan bog‘liq har qanday muammo tuxumdonlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

B12 vitamini yetishmasligi

Me’yorida uxlaganda ham charchoq hisi paydo bo‘ladimi?Demak, B12 vitamini kerak. Bu esa kislorodni soch tuxumdonlariga yetkazuvchi qizil qon hujayralari yetishmasligidan darak beradi. Aytgancha, bu ko‘pincha B12 ni o‘z ichiga olgan hayvon oqsillarini iste’mol qilmaydigan insonlarda uchraydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.