Qizil ikra iste’mol qilinganida organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
An’anaga ko‘ra, yanvar oyining boshi haqiqiy “ikra marafoni”ga aylanadi. Oilaviy yig‘ilish, uchrashuvlar va do‘stlar bilan ziyofatda, albatta, ushbu yegulikni uchratish mumkin. Ammo sevimli dengiz mahsuloti organizm uchun qay darajada foydali?Ehtimol, uning xavfli tomonlari ham mavjud bo‘lishi mumkin. Quyida ushbu mahsulot haqida batafsil tanishish mumkin.
Foto: “wsb.su”Depressiyani davolaydi
Bu haqda avval ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, ikra katta stressni yengishga yordam berishi mumkinligi haqida dalillar ko‘paymoqda. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, depressiya, bipolyar buzilish va boshqa ruhiy salomatlikda muammolari bo‘lgan odamlar qizil ikra tarkibida ko‘p bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalariga boy parhezlardan foyda olishlari mumkin. Doktor Endryu Stoll bipolyar buzilishi bo‘lgan odamlarda o‘tkazgan tadqiqotida Omega-3 yog‘ kislotalariga moslashtirgan bemorlarda o‘tkir xurujlar 2,5 marta kamroq qayd etilishini isbotlagan. Bundan tashqari 10 ta mamlakat taqqoslangan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘proq baliq iste’mol qilingan joylarda depressiya darajasi ancha past ko‘rsatkichga ega.
Yurakni himoya qiladi
Omega-3 nafaqat zig‘ir urug‘i yoki yong‘oqlarda, balki baliqlar, shuningdek, qizil ikra tarkibida ham mavjud. Ushbu oziq-ovqatlar yurakni turli xil kasalliklardan himoya qilishi isbotlanganligi tufayli Amerika yurak assotsiatsiyasi haftasiga kamida ikki marotaba baliq va qizil ikra iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Aql va yoshga ijobiy ta’sir o‘tkazadi
Mahsulot tarkibida fosfor miya faoliyati uchun mas’ul. Yog‘ kislotalari esa teri uchun haqiqiy yordamchi hisoblanadi. Ular kollagenni saqlaydi, yallig‘lanishning oldini oladi. Shuningdek, stress gormoni, kortizoldan himoya qiladi.
Qizil ikraning zararli tomonlari ham mavjudmi?
Bir necha yil avval AQShning atrof-muhit bo‘yicha ishchi guruhi ko‘pincha xavfsiz va barqaror iste’mol mezonlariga javob bermaydigan o‘nlab baliqlar ro‘yxatini tuzdi. Unga ko‘ra, baliq o‘zida simob va og‘ir metallarni to‘playdi, kimyoviy ozuqalar yordamida fermalarda yetishtiriladi. Shuning uchun uni kamroq iste’mol qilish va qanday sharoitda yetishtirilganiga amin bo‘lish kerak.
Ikrani saqlashda tuzlangani tufayli mahsulotda natriy miqdori ortadi. Oqibatda buyrak faoliyati, shish va modda almashinuvi jarayoni buziladi.
Yana bir zararli tomoni shundaki, qizil ikra tarkibida yuqori xolesterin mavjud. Uni iste’moli me’yoridan oshib ketsa, qonda ham xolesterin miqdori ortib boradi. Shunday qilib qizil ikra yurakka foyda bo‘lishidan tashqari tomirlarni to‘sib qo‘yishi hamda yog‘ to‘planishiga olib keladi. Shuningdek, tishlarning rangiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Biroq bularning bari ikrani yilda bir yoki ikki marotaba iste’mol qiladiganlar uchun taalluqli emas.
Manba