Salomatlik Salomatlik Qish mavsumida viruslarga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi 5 ta mahsulot

Qish mavsumida viruslarga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi 5 ta mahsulot

O'qildi: 319


Qish mavsumida viruslarga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi 5 ta mahsulot

Qish faslida doimgidan ham ko‘ra ko‘proq kerakli vitamin, mineral va boshqa elementlar yetishmaydi. Shu sababdan, charchoq va turli xil kasalliklar bezovta qiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ratsionga C vitaminiga boy ovqatlar, shuningdek, mavsumiy sabzavot, meva va ko‘katlarni kiritish kerak. Quyida tana uchun zarur bo‘lgan 5 ta mahsulot bilan tanishib chiqish mumkin.

Foto: SM News

Zanjabil

Aslida zanjabil ildizining afzalliklari haqida ko‘pchilik biladigandek tuyuladi va uni shamollash, gripp davrida muntazam iste’mol qilish odati mavjud. Zanjabilning yana bir foydali jihati shundaki, u ortiqcha vazn kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning uchun har kuni och qoringa nonushta qilishdan avval zanjabil ichishni o‘rganish kerak. Retsept esa oddiy, zanjabil maydalanib, suvga solinadi. Ustidan limon sharbati va asal qo‘shilib, muzlatkichda bir kechaga qoldiriladi. Hosil bo‘lgan damlamani 3—5 kun davomida ichish mumkin.

Klyukva(qizil nordon meva)

Ko‘pchilik nordon ta’mi tufayli klyukvani yaxshi ko‘radi. Ammo ushbu sevimli mahsulotni bir yildan ko‘proq davomida saqlash imkoni borligini bilmaydi. Buning uchun uni suvda, yopiq idishda saqlash mumkin. Yoki sharbat va souslar ham tayyorlash mumkin. Klyukva tarkibida juda ko‘p miqdordadagi C vitamini immunitetni oshirish uchun yordam beradi.

Anor

Qishda eng foydali mevalarning biri anordir. Uning tarkibida C vitamini, foliy kislotasi va antioksidantlar mavjud. Bular sovuq mavsumda juda muhim hisoblanadi. Undan vitaminga boy sharbatlar tayyorlash mumkin. Shuningdek, anor donachalarini iste’mol qilish yoki salat va taomlarga ham qo‘shish tavsiya etiladi.

Sitrus mevalar

Qish — sitrus mevalar uchun ayni muddao. Apelsin, mandarin, greypfrut va boshqalar. Ularning barchasi juda ko‘p miqdordagi C vitaminini o‘z ichiga oladi va sovuq mavsumda kasal bo‘lmaslikka yordam beradi. Shuning uchun ham qishni sitrus mevalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni shunchaki o‘zini iste’mol qilish mumkin. Yoki sharbat, salat va shirinliklar bilan birgalikda tanovul qilish mumkin.

Ko‘katlar

Ko‘katlar zaiflashgan immunitet tizimi uchun haqiqiy ko‘makchi sanaladi. Uning tarkibida organizmning himoya kuchini oshiradigan muhim antioksidantlar mavjud. Mutaxassislar ko‘katlarni ortiqcha vazndan qutulishda hamda immunitet uchun foydali mahsulot sifatida tavsiya etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.