Foydali va mazali: Nima uchun qishki ichimlik — kakaodan voz kechmaslik kerak?
Kakao foydasi beqiyos antioksidant polifenollarning koni hisoblanadi. Polifenollar organizmni turli zararlanishlardan himoya qiladi, yallig‘lanish rivojlanishi, qarish jarayonining oldini oladi, teriga ijobiy ta’sir qiladi va uni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Foto: Harper’s BazaarKakao qondagi azot oksidi miqdorini oshirgani hisobiga ham uning iste’molidan keyin arterial qon bosim me’yorlashadi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, ushbu mazali ichimlikdagi flavanoidlar qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. Kakao kukunining B guruhi vitamini va K vitaminiga boy ekani sabab yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi, yurak mushagi va qon tomiri devorlari mustahkamlanadi.
Foto: Harper’s BazaarKaloriyaga boy ekaniga qaramay, uning iste’molidan keyin insonning qomati o‘zgarmaydi. Uglevodning organizmga singishi me’yorda bo‘ladi, to‘q tutgani sabab ishtaha kamayadi, yog‘larning oksidlanishi tezlashadi. Bir necha tadqiqotlarda haqiqiy kakao va past ko‘rsatkichli TMI(tana massasi indeksi)o‘rtasida bog‘liqlik bor ekani aniqlangan. Biroq uning vazn kamayishiga ta’sir qilishi uchun me’yorni bilish, ratsion ham to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor qilish kerak.
Tarkibida “baxt gormoni” serotoninining vazifadoshi triptofan borligi sabab ham kakao kayfiyatni ko‘tarish, depressiyaga xos simptomlarda yordam berish xususiyatiga ega. Uni ichgandan keyin buyrakusti bezlarida pulsni jadallashtiradigan, diqqat va e’tiborni oshiradigan modda — feniletilamin ishlab chiqariladi.
Organizmga yuqorida ta’kidlanganidek ijobiy ta’sir qilishi uchun uni suv yoki sut qo‘shib qaynatish kerak. Qo‘shimcha sifatida yong‘oq, dolchin ( koritsa)qo‘shish mumkin, shakardan esa iloji bo‘lsa, voz kechgan yaxshi.
Manba