Kakao sog‘liq uchun foydalimi?
Kakao polifenol, ya’ni tabiiy antioksidantlarning manbayi hisoblanadi. Polifenollar organizmni zararli radikallardan himoya qilib, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishining oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilaydi.
Foto: Harper’s BazaarQuyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Kakao qondagi azot oksidlarining miqdorini ko‘paytiradi. Bu esa arterial qon bosimning me’yorlashishida muhim rol o‘ynaydi. Ichimlik tarkibidagi flavonoidlarning o‘ziga xosligi qon tomirlar funksiyasini yaxshilashi bilan namoyon bo‘ladi. Kakao kukunidagi K vitamini va B guruhi vitaminlari sabab yanada yaxshi ta’sir qiladi. Ular yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olib, yurakning mushagi va tomirlar devorini mustahkamlaydi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin kaloriyaga boy ekaniga qaramay, qomatning me’yorda qolishiga yordam beradi. Kakao uglevodlar so‘rilishini me’yorlashtirib, to‘q tutgani hisobiga ishtahani bo‘g‘adi. Yog‘larning oksidlanishini jadallashtiradi. Bir necha tadqiqotlarda tabiiy kakaoning doimiy iste’moli bilan tana vaznining ko‘rsatkichi nisbatan past ekani aniqlangan. Ammo shu bilan birga me’yorni bilish, haddan ortiq iste’moldan tiyilish kerak.
Foto: Harper’s BazaarKakao kayfiyatni ko‘tarib, depressiyaga xos simptomlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Gap shundaki, tarkibidagi triptofan “baxt gormoni” — serotonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Kakao iste’molidan keyin buyrak usti bezlaridan pulsni yaxshilab, diqqatni jamlashda ahamiyatli bo‘lgan feniletilamin moddasi ajraladi. Organizmga foydali bo‘lishi uchun kakaoni qanday iste’mol qilish kerakligini bilish kerak. Uni suv yoki sutda qaynatish kerak bo‘ladi. Qaynab chiqqanidan keyin ushbu ichimlikka dolchin, muskat yong‘og‘i qo‘shing. Shakardan esa iloji boricha tiyilganingiz yaxshi.
Mavzuga doir:
- Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
- Shirinliklar bilan parhez: Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?
- Immunitetni ko‘taruvchi 9 mahsulot
Manba