Yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 mahsulot
Yurak bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmasligi uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, asabiylashmaslik, jismoniy faol bo‘lish, shuningdek, ratsiondan o‘rin olgan mahsulotlarga e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak.
Foto: FreepikSuli yormasi
Kunni suli yormasidan tayyorlangan issiq bo‘tqa bilan boshlang. Bunday bo‘tqa, Omega-3 yog‘ kislotalari, foliy kislotasi va kalsiyga boy bo‘lish bilan birga, qondagi “yomon xolesterin”lar miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Uning ijobiy ta’sirini oshirish uchun esa bir bo‘lak banan qo‘shish tavsiya qilinadi.
Losos
Lososda Omega-3 yog‘ kislotasi mo‘l bo‘ladi. Ushbu baliq turi qon bosimini tushiradi va qon-tomirlarda tromb paydo bo‘lishining oldini oladi. Bir haftada ikki portsiya baliq yeyish orqali yurak xurujining oldi olinadi.
Avokado
Foydali mahsulotlar orasida avokado yetakchilik qiladi. Yurakka yanada foydali bo‘lish uchun undan sendvich yoki ismaloq qo‘shib salat tayyorlash tavsiya qilinadi. Avokado “yaxshi” xolesterin miqdorini ko‘paytiruvchi monoto‘yingan yog‘larning koni hisoblanadi.
Zaytun yog‘i
Zaytun yog‘ida ham monoto‘yingan yog‘lar serob bo‘ladi. Shu sababdan ham undan taom tayyorlab yeyishga o‘rgangan Italiya, Turkiya va Gretsiya singari mamlakatlarda yurak xurujidan vafot etadigan kishilar soni boshqa Yevropa mamlakatlaridan ancha kam.
Yong‘oq
Salomatlik uchun foydali bo‘lgan yong‘oq, Omega-3 yog‘ kislotalarining manbasi hisoblanib nafaqat yurak, balki miya faoliyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Mevalar
Qulupnay, malina, qorag‘at singari mevalar, yurak kasalliklari va saratonning oldini olish hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Dukkakli mahsulotlar
Omega-3, kalsiyga boy ekani sabab ham dukkakli mahsulotlar, ayniqsa yasmiq, no‘xat va loviya juda ham foydali hisoblanadi.
Ismaloq
Tarkibida lyutein, foli kislotasi, kalsiy va boshqa foydali moddalar borligi sabab ham ismaloq salatga qo‘shib yeyish uchun eng yaxshi ko‘katlardan biri sifatida tavsiya etiladi.
Zig‘ir urug‘i
Ushbu mahsulot ham Omega-3 yog‘ kislotalarini ichiga olish bo‘yicha chempionlik qiladi. Foydalilik xususiyatini ko‘paytirish uchun esa suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki bulochkaga qo‘shib iste’mol qilish maslahat beriladi.
Soya
Xolesterinni kamaytiradigan soya, foydali proteinlarning koni. Unda to‘yingan yog‘ miqdori unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Manba